» » Toshkent shahar IIBB Yunusobodda tungi klub yonida yuz bergan pichoqbozlik yuzasidan ma’lumot berdi

Toshkent shahar IIBB Yunusobodda tungi klub yonida yuz bergan pichoqbozlik yuzasidan ma’lumot berdi


Toshkent shahri Yunusobod tumanida bir guruh shaxslar o‘zaro janjallashishi oqibatida 2 kishi vafot etgani xabar qilingandi. Toshkent shahar IIBB mazkur hodisa yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlarni e’lon qildi.

Boshqarma xabariga ko‘ra, 20-sentabr kuni ertalab soat 6:00 atrofida patrul-post xizmati xodimlariga Amir Temur ko‘chasidagi tungi klub yonida mushtlashuv yuz bergani haqida ma’lumot kelib tushgan. Xodimlar voqea joyiga yetib kelganida pichoq bilan yaralangan to‘rt nafar yigitdan biri – 18 yoshli A.G. voqea joyining o‘zida hayotdan ko‘z yumgani oydinlashgan. Uch nafar yigit shifoxonaga yetkazilgan. Shifoxonada janjalda ishtirok etganlardan yana biri – 23 yoshli D.S. ham hayotdan ko‘z yumgan. 21 yoshli A.A. va 28 yoshli A.T. ayni vaqtda shifoxonaga joylashtirilgan.

Kelishmovchilik ikki guruh yigitlari orasida kelib chiqqan. 8 kishidan iborat bo‘lgan birinchi guruh orasida ikki nafar qiz ham bo‘lgan va ularning hammasi Amir Temur ko‘chasida joylashgan tungi klub yonida bo‘lgan. 5 kishilik ikkinchi guruh ham o‘sha atrofda bo‘lgan.

“Qizlardan birining o‘z guruhidagi yigitga aytgan gapi boshqa guruhdagi yigitga xuddi unga aytilgandek tuyulgan. Shu sababli orada kelib chiqqan mojaro mushtlashuvga aylanib ketgan”, – deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, mushtlashuv davomida ikkinchi guruh ishtirokchisi 23 yoshli S.X. pichoq chiqarib, tartibsiz ravishda zarba berishni boshlagan. Oqibatda to‘rt nafar yigit jabrlanib, ulardan ikki nafari vafot etgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 23 yoshli S.X., 18 yoshli S.K., 23 yoshli R.X. va yana bir necha kishi qo‘lga olinib, ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi tariqasida jinoiy ishga jalb qilingan S.X. qo‘lga olingan.

Ayni vaqtda kelishmovchilikning yana ikki nafar ishtirokchisi S.K. va R.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Mazkur shaxslar ham qo‘lga olingan.

“Kelishmovchilikning boshqa ishtirokchilarini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda”, – deyiladi IIBB axborotida.

Iyun oyida Toshkentdagi kichik halqa yo‘lining Shayxontohur tumanidan o‘tgan, xalq orasida “Archa-ko‘cha” nomi bilan tanilgan qismida bir guruh yoshlar o‘rtasida janjal va pichoqbozlik yuz berishi oqibatida bir yigit vafot etgan va pichoqbozlikka aloqador bir necha shaxs qo‘lga olingandi. Keyinchalik mojaro dorixonadan tushadigan pulni deb kelib chiqqani aytilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют