» » Yunusoboddagi janjalda pichoqlangan 4 kishining 2 nafari vafot etdi

Yunusoboddagi janjalda pichoqlangan 4 kishining 2 nafari vafot etdi


Toshkent shahri Yunusobod tumanida bir guruh shaxslar o‘zaro janjallashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Qayd etilishicha, 2020-yil 20-sentabr kuni soat 06:00 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubdan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarining hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “l” bandlari (bezorilik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish), 25,97-moddasi 2-qismi “a”, “l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.X. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют