» » O‘zbekistonda yollanma terimchilar paxta davrida kim bilan qanday shartnoma imzolaydi?

O‘zbekistonda yollanma terimchilar paxta davrida kim bilan qanday shartnoma imzolaydi?


Yaqin kunlarda paxta terimi mavsumi boshlanadi. Mana shu davrida ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabat qanday bo‘ladi, terimchilar ish haqini kimdan va qay tarzda oladi kabi savollar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi bosh davlat mehnat huquqi inspektori Gulruh Niyozmetova javob berdi.

Paxta davrida yollanma terimchilar bilan paxta to‘qimachilik klasterlari yoki fermer xo‘jaliklari o‘rtasida fuqarolik huquqiy shahrtnoma yoki mehnat shartnomasi tuziladi. Paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklarida doimiy ishlab kelayotgan ishchilar bilan ham qo‘shimcha mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Fuqarolik huquqiy shartnoma imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va paxta terimi mavsumida amal qiladi.

Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga yoki muayyan muddatga tuzilishi mumkin. Terimchi fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomani istalgan vaqtda o‘z ixtiyoriga ko‘ra bekor qilishi mumkin. Mehnat shartnomasini bekor qilish Mehnat kodeksidagi umumiy asoslarga asosan amalga oshiriladi. Fuqarolik huquqiy shartnoma yoki mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi, biri terimchida bo‘lsa, ikkinchisi fermer xo‘jaligi klasterida saqlanadi.

Terimchilar paxta terimiga o‘z xohishiga ko‘ra jalb qilinishi kerak. Bunda paxtaga jalb qilinayotgan fuqarolariga paxtaga chiqish bo‘yicha barcha mehnat sharoitlari, ya’ni paxta puli, yotoq joyi, ish haqining berilish tartibi va boshqalar tanishtirilishi kerak. Ishsiz fuqarolardan tashqari budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ham ishdan bo‘sh vaqtlarida, ya’ni shanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha daromad topish maqsadida faqatgina o‘z xohishlariga ko‘ra paxta terimida ishtirok etishlari mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют