» » Kilian Mbappe uchun kurash olib boradigan ikki klub nomi ma’lum bo‘ldi

Kilian Mbappe uchun kurash olib boradigan ikki klub nomi ma’lum bo‘ldi


PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatining keyingi davrini qaysi jamoa bog‘lash masalasini o‘rganib chiqmoqda.

L’Equipe nashrining xabar qilishicha, 21 yoshli futbolchiga “Real” va “Liverpul” jamoalari da’vogarlik qilmoqda.

“Real” 2020-yilning yozida Mbappeni sotib olishni reja qilgandi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab madridliklarning rejalari o‘zgarib ketgan. Mbappe “Real” ustozi Zinedin Zidanning muxlisi hisoblanadi.

Shu bilan birga “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Mbappeni 2016-yildan buyon o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. O‘sha vaqtda transferni amalga oshirishning iloji bo‘lmagan, biroq bu davr ichida “Liverpul” Yevropaning eng kuchli klublari qatoridan joy ola bildi. Manbaga ko‘ra, Klopp futbolchini qo‘lga kiritish fikridan qaytmagan va uning atrofidagilar bilan aloqani saqlab turibdi.

Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. Fransiyalik futbolchi koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlangan Liga 1 2019/20-yilgi mavsumida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 18 gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют