» » Airbus 2035-yilgacha zararli chiqindilarni deyarli chiqarmaydigan vodorodda uchuvchi samolyot ishlab chiqarish rejasi borligini e’lon qildi

Airbus 2035-yilgacha zararli chiqindilarni deyarli chiqarmaydigan vodorodda uchuvchi samolyot ishlab chiqarish rejasi borligini e’lon qildi


Airbus konserni zararli chiqindilarni deyarli chiqarmaydigan dunyodagi birinchi ZEROe tijoriy samolyotining uchta konsepsiyasini taqdim etdi. Energiya manbasi sifatida vodorod qo‘llaniladi, kompaniya mazkur yonilg‘ini aviatsion nuqtayi nazar eng toza va kelajagi porloq deb hisoblamoqda. Airbus vodorod texnologiyalari hozirgi sur’atlarda rivojlanishda davom etsa, ushbu samolyotning birinchi parvozi 2035-yilda amalga oshirilishini prognoz qilgan.

Samolyot konseptlari modifikatsiyalashgan gaz trubina dvigatellari bilan jihozlangan. Dastlabki nusxada — ikkita turboventilyator dvigatellari bilan ta’minlangan — tashqi ko‘rinishi klassik yo‘lovchi samolyotga o‘xshab ketadi. Uchoq 120-200 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan va 3700 kilometr masofaga ucha oladi.

Ikkinchi konsept nusxada ham ikkita turbovintli dvigatel mavjud. Samolyot 100 kishining uzog‘ini yaqin qila oladi va 1850 kilometr masofagacha uchishi mumkin.

Uchinchi konsept — aralash qanotli konstruksiya, bunda qanot layner korpusi bilan uyg‘unlashib ketgan. Birinchi konseptdagi layner kabi ushbu uchoq ham 200 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi va 3700 kilometr masofagacha uchadi. Keng fyuzelyaj (samolyot korpusi) vodorod saqlash va uni taqsimlashda, samolyot saloni tuzilmasini tuzishda ham asqatadi, deyilgan Airbus press-relizida.

Airbus prezidenti Giyom Forining so‘zlariga ko‘ra, ushbu konseptlar kompaniyaga tabiatga zararli chiqindi chiqarmaydigan samolyot dizayni va tuzilishini o‘rganish hamda takomillashtirishda qo‘l keladi. Konsern rahbarining fikricha, asosiy energiya manbasi sifatida vodorodga o‘tish aviatsion ekotizimda barchadan qat’iy qarorlar qabul qilishni talab etadi. Buning uchun davlatlar hukumatlari aviatsion yonilg‘ini tadqiq etish va keng miqyosda foydalanilishini ta’minlash uchun mablag‘ ajratishi, aeroportlar esa vodorod yetkazib berish va samolyotlarni u bilan ta’minlashda infratuzilmani kengaytirishi lozim.

Yaqin besh yil ichida Airbus injenerlari vodorod texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bir necha oydan keyin vodorod yonilg‘isi elementlarining sinovlari va vodorod yonish texnologiyasi testlari boshlanadi. 2025-yilga borib kompaniya ZEROe aviaqurilish dasturini ishga tushiradi, samolyotning to‘liq prototipi 2030-yilgacha taqdim qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: 

Avval Dailmer kompaniyasi vodorodda harakanatlandigan Mercedes-Benz GenH2 — ilk yuk mashinasini taqdim etgani, yangi mashina konsept ko‘rinishida bo‘lib, uni ishlab chiqarish mazkur o‘n yillikning o‘rtalaridan boshlanishi kutilayotgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют