» » Farg‘onada 2 ayoldan 4 mln so‘mdan ortiq pul olgan soxta DXX xodimi ushlandi

Farg‘onada 2 ayoldan 4 mln so‘mdan ortiq pul olgan soxta DXX xodimi ushlandi


Farg‘onada o‘zini DXX xodimi deya tanishtirgan fuqaro ushlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi Hamdamjon Yunusjonov 25 yoshda bo‘lib, mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanadi.

Bu yigit tadbirkor D.Sodiqova bilan tanishib qoladi hamda uning xususiy bog‘cha ochish niyatida yurganligidan xabar topgan. Unga dastlab departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimi ekanligini aytib, imtiyozli kredit olishida yordam berishligini bildirgan. Hatto tadbirkor bilan bu masalada Toshkent shahriga borib, bir qator yuqori idoralarga kirgan.

Keyinchalik u DXXning Oltiariq tuman bo‘limi tezkor xodimi degan soxta guvohnoma yasab, tadbirkor tanishiga shu idorada ishlashligini ma’lum qilgan. Qalbaki guvohnomaga D.Sodiqovaning yakka tadbirkorlik muhrini unga bildirmasdan bosib oladi. Albatta, bu bejizga emas edi. Ishxonada hayfsan olganligi va oylik ish haqi kam chiqqanligini D.Sodiqovaga aytib aldab, undan 600 ming so‘m olgan va shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Shuningdek, Hamdamjon Yunusjonov Sh.Sultonova bilan 2020-yilning yanvar oyida Farg‘ona shahrida uchrashib qolib, o‘zini “Temur” deb tanishtirgan. U singlisining tug‘ilgan kuniga tillo taqinchoq olib berishi uchun 100 dollar berib turishligini so‘rab, undan yonida bo‘lgan 875 ming so‘m pulni olgan. Shuningdek, Sh.Sultonovadan onasining betobligini aytib 500 ming so‘m, narxi 2 million 400 ming so‘m bo‘lgan uyali telefonini ham olib, telefonni sotib yuborgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uning jinoyati fosh etilib, qalbaki xizmat guvohnomasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudida ko‘rib chiqilib, H. Yunusjonovga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют