» » Si Szinpinni masxaraboz deb atagan xitoylik tadbirkor va bloger korrupsiyada ayblanib, 18 yilga hukm qilindi

Si Szinpinni masxaraboz deb atagan xitoylik tadbirkor va bloger korrupsiyada ayblanib, 18 yilga hukm qilindi


Xitoylik tadbirkor va bloger, Huayuan Real Estate Grouр davlat qurilish kompaniyasining sobiq rahbari Jen Chjitsyan korrupsiyada ayblanib, 18 yilga hukm qilindi. Bu haqda sud qaroriga tayanib The New York Times xabar bermoqda.

U mablag‘larni o‘zlashtirish, pora olish va qiymati kamida 131 million yuan (taxminan 19 million dollar)ga teng boshqa iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

Qamoq jazosidan tashqari, sudlanuvchiga 4,4 million yuan (620 ming dollar) miqdorida jarima belgilangan. Sud qarorida u sud hukmi ustidan shikoyat qilmasligi aytilgan.

Xabarda aytilishicha, Jen Chjitsyan 2020-yilning mart oyida internetning Xitoy segmentida koronavirusga bo‘lgan munosabati uchun Kommunistik partiya tanqid qilingan, mamlakat yetakchisi Si Szinpin esa “masxaraboz” deb atalgan esse (uning mualifi sifatida Jen Chitsin ko‘rsatilgan) paydo bo‘lganidan keyin yo‘qolib qolgan. Aprel oyida Xitoy hukumati tadbirkor korrupsiya ishi bo‘yicha tergov qilinayotganini ma’lum qilgan. Iyul oyida esa u Kommunistik partiyadan chiqarilgan.

Jen Chjitsyan Xitoyda hukumatni ommaviy tanqid qilgani bilan mashhur. U 2016-yilda OAV partiyaga xizmati qilishi kerakligini aytgan Si Szinpinni tanqid qilgan. Shundan so‘ng hukumat uning qariyb 38 millionta obunachilari bo‘lgan Weibo mikrobloglar platformasidagi akkauntini yopib yuborgan.

Mavzuga doir: BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari pandemiya sharoitida senzura va jurnalistlarga bosim oshganini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют