» » Avstraliyadagi bog‘da uch o‘rdak ilonni ko‘ldan quvib chiqardi

Avstraliyadagi bog‘da uch o‘rdak ilonni ko‘ldan quvib chiqardi


Avstraliyaning Pert shahri atrofida joylashgan istirohat bog‘ida uch nafar o‘rdak ilonni ko‘ldan quvib chiqardi, deb xabar berdi Daily Mail.

Yovvoyi tabiat suratkashi Tim Kemp aytishicha, zaharli yo‘lbars ilon ko‘lda uchta o‘rdakka qarab suzayotganini ko‘rgan. Tabiiyki, suratkash sudralib yuruvchini o‘rdaklarga hujum qiladi, deb taxmin qilgan edi. Ammo o‘rdaklar birlashib, zaharli ilonni o‘z hududidan qirg‘oqqa haydab chiqqan.

“Men hech qachon bunday vaziyatni ko‘rmaganman. O‘ylashimcha, o‘rdaklar ilonni hech qanday xavf tug‘dirmasligini bilgan. O‘rdaklarning uyi u yerga yaqin emas, shuningdek, ular yo‘lbars iloni uchun juda katta o‘lja edi. Uning uchun qurbaqa, baliq va kichikroq qushlar to‘g‘ri kelar edi”, ? deydi Tim.

Ilonning uzunligi ikki metrni tashkil etadi. Uning zahri kichik jonzotlarni, shuningdek, insonlarni ham o‘ldirishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют