» » Xitoy Superligasi. Odil Ahmedov jamoasi so‘nggi daqiqalardagi gol tufayli mag‘lubiyatga uchradi

Xitoy Superligasi. Odil Ahmedov jamoasi so‘nggi daqiqalardagi gol tufayli mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha Xitoy Superligasining 12-turida “Tyanszin Teda” 22-sentabr, seshanba kuni “Hebey Chayna Forchun”ni qabul qildi.

Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda mehmonlarning braziliyalik hujumchisi Markao Amaral o‘yindagi yagona golini urdi.

Shu tariqa Odil Ahmedovning yangi jamoasi mavsumdagi o‘ninchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi to‘liq harakat qildi.

Xitoy Superligasi

12-tur bahsi

22-sentabr, seshanba

Gol: 0:1 – 90+1 Markao.

“Tyanszin Teda”: Ten Shankun, Bastians, Bay Yuefen (Tan Vansun, 46), Chjao Xunlyue, Achimpong, Go Hao, Lyu Jofan, Sun Yue, Ahmedov, Huey Szyakan (Su Yuansze, 72), Sandro Lima.

“Hebey Chayna Forchun”: Bao Yasyun, Din Hayfen, Jen Han, Pan Simin, Memishevich, Rikardo Golart, In Xunbo, Chan Chendun, Van Szyumin, Buyya Turay (Paulinyo, 60 (Fen Gan, 90)), Markao.

Ogohlantirishlar: Van Szyumin (24), Din Hayfen (42), Huey Szyakan (49), Markao (51), Jen Han (79).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют