» » O‘zbekistonda o‘quvchisi “Bir million dasturchi” kursini muvaffaqiyatli yakunlagan maktab o‘qituvchilarini mukofotlash yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda o‘quvchisi “Bir million dasturchi” kursini muvaffaqiyatli yakunlagan maktab o‘qituvchilarini mukofotlash yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-sentabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va unumli ishlatish, albatta, mutaxassislarga bog‘liq. Shu bois kadrlar tayyorlashga har tomonlama ahamiyat berilmoqda. 2019-yilda Toshkent shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilgan edi. Andijon va Marg‘ilon shaharlarida uning filiallari ochildi. Toshkent shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda axborot texnologiyalarini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 205 ta maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Xalq ta’limi vaziriligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joriy yilda 14 ta, kelgusi yilda 82 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va IT-parklarda axborot texnologiyalari o‘qituvchilarini tayyorlash hamda ularni sertifikatlashning milliy tizimini joriy qilish muhimligi qayd etildi. Malaka sertifikati olgan o‘qituvchilarga har oyda qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi. Shuningdek, o‘quvchisi “Bir million dasturchi” kursini muvaffaqiyatli yakunlagan maktab o‘qituvchilarini mukofotlash yo‘lga qo‘yiladi.

“Bugun ko‘rib chiqilayotgan masala rivojlanish va xalqimiz hayotini yaxshilash borasidagi ishlarimizning eng katta zamini. Buni barcha hudud va tarmoq rahbarlari tushunib, dunyoqarashini o‘zgartirib, aytilgan vazifalar ijrosiga qattiq kirishishlari kerak”, — dedi Prezident.

Bosh vazirga muhokama qilingan chora-tadbirlar ijrosini sohalar va hududlar kesimida nazorat qilish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda kelgusi o‘quv yilida “Bir million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish haqida so‘z borgandi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilning 21-noyabrida O‘zbekistonda dasturchilarni bepul tayyorlovchi One Million Uzbek Coders loyihasi ishga tushirilgandi. Loyiha birinchi navbatda mahalliy aholiga, asosan, yoshlarga axborot texnologiyalari mutaxassisliklarida arzon va sifatli ta’lim olish imkoniyatini beradi. Loyiha Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют