» » Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalardagi avtogol evaziga “Mash’al”dan ustun keldi

Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalardagi avtogol evaziga “Mash’al”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 16-turining so‘nggi o‘yinida “Qizilqum” va “Mash’al” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi va har ikki jamoada bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda mehmonlar vakili Samandar Shukurullayev o‘z darvozasini ishg‘ol qilib quydi.

Shu tariqa bir necha o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiz seriyasiga yakun yasagan “Qizilqum” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda 11-o‘rinda bormoqda. “Mash’al” (19) esa 10-pog‘onada qolib ketdi.

Coca-Cola Superliga

16-tur bahsi

Gol: 1:0 – 90+2, avtogol Shukurullayev.

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullayev, Oybek Qilichev (Vohid Shodiyev 86), Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoyev (Muhsinjon Ubaydullayev 66), Jasur Azimov (Ilhomjon Kenjayev 46), Sherali Jo‘rayev, Oleg Tolmasov, Jamshid Hasanov.

“Mash’al”: Botir Nosirov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani, Nikita Pavlenko (Sardorbek Eminov 84), Sherzod Temirov (Ibrohim No‘‘monov 84), Ella Ken Armand (Mo‘minjon Meliyev 55), Jamoliddin Ubaydulloyev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov (Ibe Mishel Okoro 73), Sirojiddin Qo‘ziyev (Sirojiddin Rahmatullayev 55), Samandar Shukurullayev.

Ogohlantirishlar: Qambarov (25), Baydullayev (37), Rahmatullayev (62).

16-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют