» » Snouden o‘z kitobida maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilgani uchun AQSh hukumatiga 5 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

Snouden o‘z kitobida maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilgani uchun AQSh hukumatiga 5 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi


AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden “Shaxsiy ish” nomli kitobi nashr etilishidan va jamoat oldida chiqishlaridan tushgan 5 million dollardan ortiq pulni AQSh hukumatiga to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

AQSh hukumati kitobning nashr etilishi Snouden Amerika razvedka xizmatlarida ishlagan paytida imzolagan maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvning buzilishiga sabab bo‘lganligini ta’kidlab, ushbu mablag‘larni undirishni sud orqali talab qilgan.

CNN’da qayd etilishicha, Snouden kitobdan 4,2 million dollar, bir necha o‘nlab chiqishlaridan yana 1,03 million dollar olgan. Ushbu chiqishlarda ham u maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvni buzgan.

AQShda maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganligi uchun Snoudenni 30 yillik qamoq jazosi kutmoqda — 2013-yilda u Milliy xavfsizlik agentligi va Markaziy razvedka boshqarmasining Amerika fuqarolarini kuzatib borgan maxfiy dasturini ommaga oshkor qilgan. Hozirda Snouden Rossiyada yashaydi.

“Shaxsiy ish” kitobi 17-sentabrdan sotuvga chiqqan. Unda Snouden kuzatuv tizimi to‘g‘risida ommaga oshkor qilishiga nima undagani  haqida gapirib bergan.

Avvalroq Edvard Snouden Telegram’ni xavfli, deb atab, undan foydalanmaslikni tavsiya qilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: AQSh hukumati Edvard Snoudenni yangi kitobi sabab sudga berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 114) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют