» » AQShning Globus Relief xayriya tashkiloti O‘zbekistonga 808 ming dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatdi

AQShning Globus Relief xayriya tashkiloti O‘zbekistonga 808 ming dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatdi


AQShning Globus Relief xayriya tashkiloti koronavirusga qarshi kurashda mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun O‘zbekistonga 808 ming dollar qiymatidagi gumanitar yordam taqdim etdi, deya xabar berdi “Dunyo” agentligi.

Yordam tarkibiga tibbiy preparatlar va 2000 dan ortiq turdagi mahsulotlar, shu jumladan, o‘pkani havo bilan ta’minlash uchun vositalar to‘plami, diagnostika vositalari, sterilizatsiya konteynerlari, antiseptiklar, nogironlar uchun aravachalar, ortopedik va jarrohlik asboblari kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, taqdim etilgan tibbiy vositalar O‘zbekistonning chekka hududlaridagi davlat tibbiyot muassasalariga topshiriladi.

O‘zbekistonga umumiy qiymati 1,8 million dollarni tashkil qiluvchi gumanitar yordam ko‘rsatish to‘g‘risida kelishuvga elchi Javlon Vahobov va AQShning bir qator xayriya tashkilotlari vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda erishilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют