» » Vadim Abramov: “OKMKga ikkita gol sovg‘a qildik”

Vadim Abramov: “OKMKga ikkita gol sovg‘a qildik”


“Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 16-turi doirasida OKMKga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (2:3) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bunday bo‘lganiga o‘zimiz aybdormiz. Mag‘lub bo‘lgan o‘yinimizdan keyin fikr bildirish ham og‘ir. O‘zi bu mavsum tushunarsiz vaziyatlarda ko‘p ochko yo‘qotdik. Bu futbol. Vaziyat shunday bo‘ldi va mag‘lub bo‘ldik

Raqibga ikkita gol sovg‘a qildik. Bundan tashqari OKMK zaxira o‘rindig‘i uzun, zaxiradan tushayotgan tajribali futbolchilar bunday xatolarni kechirmaydi. Tashabbusga ega bo‘ldik, ammo o‘zimizga o‘zimiz qiyinchilik tug‘dirib, hisobda ortda qolaverdik. Qaytaraman, OKMKda zaxiradan tushganlar o‘yinni kuchaytirdi.

Bizda juda ko‘p muammolar bor. O‘tgan yildan buyon muammolar bor, haligacha bu narsa hal bo‘lgani yo‘q.

Agar hujum chizig‘ida Shahboz Erkinovga yosh raqobatchi bo‘lganida o‘shani maydonga tushirardik. Agar jamoadagi barcha futbolchilar yosh bo‘lsa qiyin, tajribali o‘yinchilar ham bo‘lishi kerak. Agar akademiyamizda yaxshi hujumchi bo‘lganida uni asosiy tarkibga kiritardim.

Futbol shunday narsaki eng kuchlilar o‘ynaydi. Bahodir Pardayev ayni paytda raqobatda yutqazmoqda.

OKMK, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Qo‘qon-1912”, “Metallurg” kabi jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi deb o‘ylayman.

Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushadi. Agar qaysidir musobaqaga ko‘proq e’tibor qilsak to‘g‘ri bo‘lmaydi. Tarkibimizda yosh futbolchilar o‘ynamoqda, ular muxlislar uchun harakat qilmoqda. Yoshlar tajriba to‘plamoqda. Biz har bir raqib bilan kurashamiz va g‘alabaga intilamiz. Maqsadimiz Superligada chempion bo‘lish va Kubokni qo‘lga kiritish. O‘ylashimcha 14 ta klubning barchasi o‘z oldiga shunday vazifa qo‘yadi, lekin yakunda bitta klub chempion bo‘ladi.

Vadim Abramov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

“Bunyodkor” 16-turdan keyin 29 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda. Jamoa keyingi turda “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs olib boradi.

Mavzuga doir: Mirjalol Qosimov: Ikkinchi bo‘limda “Bunyodkor”ning xatolaridan unumli foydalandik

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют