» » Samarqanddagi “zapravka”dan 320 mln so‘m o‘g‘irlagan ikki yigit ushlandi

Samarqanddagi “zapravka”dan 320 mln so‘m o‘g‘irlagan ikki yigit ushlandi


Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi AYoQShdan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, Jomboy tuman IIBga 1992-yilda tug‘ilgan A. ariza bilan murojaat qilib, 2020-yil 17-sentabr kunidan 18-sentabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jomboy tumanida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi ofisining ikkinchi qavati eshigining ochiqligidan foydalanib, u yerga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonada bo‘lgan temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, seyf ichida bo‘lgan 320 000 000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur o‘g‘rilik jinoyatini Urgut tumani “Chumchuqli” MFYda yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan J. va Urgut tumani “Terak” MFYda yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan X. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, ulardan 84 500 000 so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют