» » Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksinani sinovdan otkazishga ruxsat berildi

Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksinani sinovdan otkazishga ruxsat berildi


Rossiya Sogliqni saqlash vazirligi M.P. Chumakov nomidagi Immunobiologik preparatlarni ishlab chiqish va tadqiq etish federal ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini otkazishga ruxsat berdi. Bu haqda markaz malumotlariga tayanib, RBK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu vaksinada yuqumli kasalliklar keltirib chiqara olmaydigan susaytirilgan yoki yoq qilingan, yani inaktivatsiyalangan viruslardan foydalaniladi.

Yangi vaksina sinovlari tez orada boshlanadi va Kirov, Sankt-Peterburg, Novosibirskda otkaziladi. Ularda uch mingdan ortiq kongillilar ishtirok etadi. Chumakov markazida takidlanishicha, u Jahon sogliqni saqlash tashkilotining talablariga muvofiq amalga oshiriladi va tadqiqotlarning ishonchi ilmiy malumotlar bilan taminlash imkonini beradi.

Emlashdan song kongillilar kasalxonada 16 kun davomida izolyatsiya qilinadi, ularning ahvoli shifokorlar tomonidan nazorat qilinadi. Markaz bosh direktori Aydar Ishmuhametovning sozlariga kora, tadqiqotni noyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.

Ayni paytda Rossiyada koronavirusga qarshi faqat bitta vaksina royxatdan otgan Gamaleya nomidagi markazning Sputnik V vaksinasi. U avgust oyida klinik sinovlar tugashidan oldin royxatdan otkazilgan. Davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazining ikkinchi mahalliy Vektor vaksinasi ham sinov bosqichida.

Vektordan tashqari Rossiyada ikkita chet el vaksinasi: Xitoyning Sinofarmi va BritaniyaShvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksina royxatdan otkazishga tayyorlanmoqda. AQShda 9-sentabr kuni AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi vaksinaning uchinchi faza sinovlarini toxtatib qoygan, bunga bemorlardan birida ikkilamchi tasir paydo bolgani sabab bolgandi. Oradan bir necha kun otib sinovlar yana davom ettirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (23-09-2020, 07:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ...