» » Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarini qabul qiluvchi 1000 o‘rinli yangi markaz ochildi (video)

Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarini qabul qiluvchi 1000 o‘rinli yangi markaz ochildi (video)


Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan Atlas savdo majmuasi binosida koronavirusga chalingan va gumon qilingan bemorlarni qabul qilish va taqsimlash markazi ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi tomonidan ma’lum qilindi.

Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari Bobur Mirzayev tomonidan ma’lum qilinishicha, taqsimlash markazi saxovatpesha tadbirkor tomonidan va homiylik mablag‘lari hisobidan tashkil qilingan.

Taqsimlash markazi 1000 nafar bemorga xizmat qilishga mo‘ljallangan. Markazning birinchi ish kunida 50 nafardan ortiq bemor qabul qilingan. Bundan tashqari, 10 nafardan ortiq bemorga uy sharoitida davolanish uchun zarur tavsiyalar va dori vositalari mazkur markaz tomonidan taqdim etilgan.

Markazda 750 nafar xodimning faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Hozirgi paytda markazda 72 nafar xodim ishlamoqda, ularning 60 nafari shifokor va hamshiralar bo‘lsa, 10 nafardan ortig‘i yordamchi ko‘ngillilar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da tashkil qilingan 1000 o‘rinli taqsimlash markazi Toshkent shahar hokimligi boshqaruvida faoliyat olib bormoqda.

Bundan tashqari “O‘zekspomarkaz”ning 1 va 2-pavilyonida tashkil qilingan 814 o‘rinli gospitalni boshqarish Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklangan. “Yoshlik” sport majmuasida tashkil qilingan 520 o‘rinli taqsimlash markazi Davlat xavfsizlik xizmati boshqaruvi ostida faoliyat olib bormoqda. Gimnastika saroyida 750 o‘rinli markaz ishga tushirilgan va Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan.

Mavzuga doir: Toshkentdagi “Yoshlik” arenasida tashkil etilgan 520 koykali Saralash markazi bemorlar bilan batamom to‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют