» » Pandemiya davrida bolalar immunitetini ko‘tarish uchun nimalar qilish kerak?

Pandemiya davrida bolalar immunitetini ko‘tarish uchun nimalar qilish kerak?


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKA zalida tashkil etilgan brifingda hozirgi kunda bolalar immunitetini ko‘tarish uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida ma’lumot berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda bir nafar bola Kavasaki sindromiga gumon qilingan — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi

Mutaxassis maktab o‘quvchilaridagi immunitet zaifligiga ko‘pincha vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu va doimiy psixologik stress sabab bo‘lishi, vitaminlar tanqisligini to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilish yo‘li bilan oldini olish mumkinligini ta’kidladi. O‘quvchilar orasida pala-partish ovqatlanuvchi bolalarning soni yildan yilga ortib borayotgani, yarimtayyor taomlar ko‘pincha bolalarga zarur bo‘lgan vitamin va minerallarni ovqatdan olishiga to‘sqinlik qilishini bildirdi.

7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning tanasida bir vaqtning o‘zida o‘sish va o‘rganish vazifalari turganini unutmaslik kerak. Bu esa ota-onadan alohida e’tibor talab etadi. Bola kuniga kamida 4 marta ovqatlanish kerak. Agar bolada ozg‘inlik yoki ortiqcha vazn bo‘lsa, shifokor maslahati zarur. Sport bilan shug‘ullanadigan o‘quvchining ovqatlanishi jismoniy mashqlar hajmi hisobga olgan holda tuzilishi talab etiladi.

Yodlangan tuz iste’mol qilish, suv ichish rejimiga amal qilish va ovqatlanish ratsioni vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. A vitamini bilan boyitilgan sabzi va shirin kartoshkani, sitrus mevalari va brokkoli C vitamini hamda gripp va nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda yordam beradigan E vitaminiga boy yong‘oq, albatta, bolalar ratsionida bo‘lishi maqsadga muvofiq.

To‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilishdagi birinchi qadam ovqatlanish madaniyatiga rioya qilishdir. Nonushta, tushlik, kechki ovqat muntazam va jadvalga muvofiq bo‘lishi kerak. Maktab yoshidagi bolalarining organizmi ma’lum ritmlarga moslashadi. Shuning uchun uxlash, ovqatlanish, o‘ynash, yurish va mashq qilish uchun vaqt topish juda muhimdir. Immunitetni yaxshilash uchun bolani yoshligidanoq rejimga ko‘niktirish lozim. Turli yoshlar bo‘yicha ertalab turish, tushlik qilish, uy vazifasini bajarish va yotishga tavsiya etilgan vaqt me’yori mavjud.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

Shuningdek, Abdusamatova kichik maktab yoshidagi bola kechqurun soat 21:00 da yotishi va ertalab soat 7:00 da turishi kerakligi, kattaroq o‘quvchilar esa soat 22:00 da yotishlari mumkinligini, to‘liq kunlik dam olish immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm tezroq bo‘ladi, shuning uchun bolalar bu soatlarda yaxshi o‘sadi. Uydagi ijobiy psixologik mikroiqlim bolalar salomatligining muhim shartidir. Maktab o‘quvchisining psixologik holatini barqarorlashtirishning eng yaxshi usullari sifatida do‘stlar bilan yaxshi muloqotda bo‘lish, sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish, ota-onalar bilan film tomosha qilish, o‘yin o‘ynash va sayohat qilish kabilarni sanab o‘tdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют