» » O‘zbekistonda bir nafar bola Kavasaki sindromiga gumon qilingan — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi

O‘zbekistonda bir nafar bola Kavasaki sindromiga gumon qilingan — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova rivojlangan mamlakatlarda bolalar orasida uchragan Kavasaki sindromi O‘zbekistonda ham kuzatilgani xususidagi savolga javob bergan.

“Hozirgi kunga qadar O‘zbekistonda Kavasaki sindromi kuzatilmadi. Bir nafar bemor bolada ushbu sindrom gumon qilingan edi, lekin tekshiruvlar natijasida inkor etilgan”, — deydi mutaxassis.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adan Gebreyesus barcha mamlakatlardagi shifokorlardan koronavirus yuqtirib olgan bolalarda Kavasaki sindromi (multisistemali yallig‘lanish) alomatlari paydo bo‘layotganiga alohida e’tibor qaratish kerakligini aytganini ta’kidlagan. So‘nggi paytlarda Yevropa, Koreya va Shimoliy Amerikadan kelayotgan xabarlarda intensiv terapiya bo‘limlariga multisistemali yallig‘lanish holatiga tushib qolgan, Kavasaki sindromiga va zaharli shok sindromiga o‘xshash alomatlarga ega bolalar yotqizilayotgani bildirilgan. Ma’lumotlarga qaraganda bu sindromning rivojlanishi aynan koronavirus bilan zararlanish oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq AOKA huzuridagi shtabning yana bir a’zosi Sevara Ubaydullayeva Kavasaki sindromi genetik kasallik bo‘lib, u asosan 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchrashini aytgan. Juda ham kam uchraydigan ushbu xastalik bola organizmining tizimli o‘zgarishi bilan kechadi.

Bugungi kunda Rossiya va Qozog‘istonda ham bolalarda bu sindromga o‘xshash holatlar kuzatilayotgani haqida ma’lumotlar bor.

O‘zbekistonda bu kasallik uchramadi deyishimiz qiyin, balki bolalarda kechgan o‘rta og‘ir turlarida bu kasallik belgilariga o‘xshash holatlar kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Bizda bu sindrom uchradi, deyishimiz uchun kasallik tasdiqlanishi kerak. Bugungi kunda bu sindromga o‘xshash holatlar aniq o‘z tasdig‘ini topmadi. Biroq bu kuzatilmaydi degani ham emas, Kavasaki sindromiga o‘xshash kasalliklar bolalarda kuzatilishi va ko‘payishi ham mumkin, degan Ubaydullayeva.

Bu sindrom koronavirus ta’sirida bola organizmida kechadigan kuchli yallig‘lanish, qon-tomirlar o‘tkazuvchanligi buzilishini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bolaning tana harorati besh va undan ortiq kunlarda 38 darajadan yuqori bo‘ladi, tanasiga turli toshmalar toshadi, qo‘llar kafti va tovon terisining ko‘chishi kuzatilishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют