» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinib undan tuzalgan 14 nafar bolada Kavasaki sindromi kuzatildi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinib undan tuzalgan 14 nafar bolada Kavasaki sindromi kuzatildi


Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga chalinib undan tuzalgan bolalarda ommaviy ravishda Kavasaki sindromi kuzatilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. Vazirlik axborotiga ko‘ra, mamlakatda faqat 14 nafar bolada COVID-19’dan keyin Kavasaki sindromi kuzatilgan. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

“Bolalarning Kavasaki sindromiga ommaviy ravishda chalinayotgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, – deyiladi Qozog‘iston SSV axborot xizmatining axborotida.

Vazirlik ayni vaqtda ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Qozog‘iston koronavirus infeksiyasining yengil, belgisiz o‘tadigan shakli bilan kasallangan bolalarda ko‘p tizimli yallig‘lanish sindromi (Kavasaki sindromi) kasalligi kuzatilayotganini ma’lum qilgan.

“Biroq ushbu kasallik ayrim bolalarda kuzatilmoqda va koronavirus infeksiyasiga chalingan hamma bolalar u bilan, albatta, kasallanadi deb aytishga asos yo‘q”, – deyiladi xabarda.

Qozog‘iston SSV taqdim etgan rasmiy statistika bo‘yicha 13-martdan 19-avgustgacha 2 357 nafar voyaga yetmagan bolalarda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari kuzatilgan.

“Ko‘p qatlamli yallig‘lanish sindromi ularning 14 nafarida kuzatilgan. Ya’ni kasallanish ko‘rsatkichi 0,6 foizdan ham past. Shundan besh nafar bola Nur-Sulton shahrida yashaydi, ularning uch nafari kasallikdan to‘liq tuzalib uyiga ketgan, Qarag‘anda, Akmolinsk va Oqto‘be viloyatlarida ikki nafardan, Olmaota, Turkiston va Atirau viloyatlarida bir nafardan bola ushbu sindrom bilan kasallangan”, – deyilgan ma’lumotda.

SSVning qayd etishicha, kasallangan bolalarning hammasi yetuk tibbiyot mutaxassislari nazoratida bo‘lib turibdi. Ularning davolanishi uchun maxsus koykalar ajratilgan, bolalarga kerakli dori vositalari ajratilgan.

Avval Qozog‘istonda 2 million nafardan ziyod aholiga 42 500 tengedan yordam puli tarqatilgani, mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik bosqichdan oldingi sinovi yakunlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют