» » Turkiyalik tibbiyot xodimlari mamlakatga koronavirus “sunami”sining qaytishini ma’lum qildi

Turkiyalik tibbiyot xodimlari mamlakatga koronavirus “sunami”sining qaytishini ma’lum qildi


Turkiya tibbiyot assotsiatsiyasi (TTB) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda TTB videoanjumani yakuniga tayanib, Deutsche Welle xabar berdi.

TTB a’zolarining bayonotida aytilishicha, ular agarda tegishli cheklov choralari ko‘rilmasa, kuz faslida kasallar sonining ortish xavfi haqida ogohlantirgan. Endilikda ekspertlarning ta’kidlashicha, mamlakatni “sunami” kutmoqda, chunki mavsumiy kasallik vaqtida u yuqori darajaga chiqadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, karantin borgan sari vahima tug‘dirmoqda. Ularning fikricha, bunga Turkiya hukumati javobgar, chunki ular koronavirus tarqalishiga qarshi kurash borasida o‘z vaqtida chora ko‘rmagan. Bundan tashqari, ekspertlar infeksiyaga chalinishga oid faktlarning yashirilishida ham hukumatni ayblagan.

Sentabr oyi boshlarida Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja mamlakat koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqinini boshidan o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. O‘shanda vazir kasallar sonining ortishiga dam oluvchilar profilaktika choralariga yaxshi rioya qilmayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: Bir oydan beri turistlar uchun ochiq bo‘lgan Turkiyada koronavirus tarqalishi yana avj oldi

Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida xorijiy davlatlardan avia, temiryo‘l va avtotransport vositasi orqali O‘zbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etilgan. Turkiya ushbu ro‘yxatda “qizil” zonaga kiruvchi davlatlar qatoridan o‘rin olgan.

“Qizil” davlatlardan kirib kelayotgan shaxslar so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etgan holda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

Agar shaxs so‘nggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan bo‘lsa yoki shaxsda koronavirus infeksiyasining alomatlari (yo‘tal, isitma va b.q.) mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonga kelganidan so‘ng o‘tkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida o‘z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tadi hamda O‘zbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют