» » Makkeyn KXDRga nisbatan kuch ishlatishga qarshi chiqdi

Makkeyn KXDRga nisbatan kuch ishlatishga qarshi chiqdi


KXDRga nisbatan kuch ishlatish dahshatli oqibatlarga olib keladi va AQSh tomonidan ehtimoliy ssenariylarning eng so‘nggisi deb hisoblanishi kerak. Bunday fikrni senator Jon Makkeyn bildirdi, deb yozadi “TASS”. U AQSh Kongressi yuqori palatasida qurolli kuchlar qo‘mitasiga rahbarlik qiladi.

CNN telekompaniyasi efirida Makkeynga Donald Tramp ma’muriyati Pxenyanga nisbatan harbiy kuch ishlatish haqida qaror qilishi ehtimoli borasida savol berildi. “Bunday variant bor imkoniyatlarning eng so‘nggisi sifatida ko‘rilishi kerak, deb hisoblayman”, — deya ta’kidladi Makkeyn.

U KXDRdagi oddiy qurol-yarog‘lar Koreya Respublikasida “millionlab odamlarni yo‘q qilishga qodirligi”ga e’tibor qaratdi. “Qirg‘in dahshatli bo‘ladi, biz bu masalada o‘ta ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak”, — dedi senator.

U prezident Trampga “qo‘l ostidagi har bitta vositadan Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishda” foydalanishni tavsiya qildi va bunday vositalardan biri sifatida Xitoyni aytib o‘tdi.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют