» » Ummonning yirik kompaniyalari Chortoq tumanida besh yulduzli mehmonxona va villalar quradi

Ummonning yirik kompaniyalari Chortoq tumanida besh yulduzli mehmonxona va villalar quradi


Namangan viloyatining Chortoq tumanida eko turizmni rivojlantirish maqsadida yangi ko‘rinishdagi zamonaviy shaharcha barpo etiladi. Ikki yil davomida bitishi rejalashtirilgan inshootning qurilish jarayoniga 1 ming 200 nafar ishchi jalb qilinadi. Bu haqda Turzimni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan viloyatga uyushtirilgan press-turda Chortoq tumani hokimi Аnvar Otaxo‘jayev ta’kidlab o‘tdi.

Otaxo‘jayevning “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida aytishicha, mehmonxona va villalar qurish loyihasi Ummon sultonligining “Al-Hamdoni group” hamda “Arkan Majan al-Mumayaza” kompaniyalariga tegishli.

“Ushbu loyihalar uchun Chortoq suv ombori atrofidan 20 gektar joy ajratildi. U yerga besh yulduzli  besh qavatdan iborat mehmonxona quriladi. Uning ustida vertolyot qo‘nishiga mo‘ljallangan maydon ham bo‘ladi. Bundan tashqari, mehmonxona atrofida 200 ta ikki qavatli villalar bunyod etiladi.

Investorlar “Xorijliklarni shu yerga kelib, hordiq chiqarishlari uchun sevimli dam olish maskaniga aylantiramiz. Bu yerning toza havosi, mahsulotlari ularda iliq taassurot qoldirishi shubhasiz”, — deya katta marralarni ko‘zlashgan.

Mehmonxona bitgach, uning o‘zida yuzlab yurtdoshlarimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Biz hozirdanoq chortoqlik yoshlarning juda ko‘pchiligiga rus, ingliz va arab tillari bo‘yicha chuqur bilim berib, o‘qityapmiz. Ular mehmonxonada xizmat ko‘rsatib, faoliyat yuritadi.

COVID-19 pandemiyasi tufayli investorlar bilan Zoom platformasi orqali muntazam ravishda muloqot qilyapmiz. Ular qurilish tashkilotlarini tanlagach, 2020-yil yakuniga qadar qurish ishlari boshlanadi. Loyihaning umumiy qiymati 20 million yevro bo‘lib, uni 2022-yilda yakuniga yetkazish ko‘zda tutilgan”, — dedi Chortoq tumani hokimi.

Аnvar Otaxo‘jayevning bildirishicha, hududda tibbiyot turizmi ravnaqi uchun hindistonlik investorlar bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilyapti.

“Tumanda toza ichimlik suvidan tashqari, davolovchi hususiyatga ega 52 gradus issiqlikda chiqadigan tabiiy suv ham bor. Inson organizmi, tayanch harakat a’zolariga juda foydali va shifobaxsh hisoblanadi. Hindistonlik investorlar o‘zlarining tabobat usulida sanatoriy qurish niyatida loyiha taqdim etdi. Bizga ma’qul kelgach, ularga 10 gektar yer maydoni berildi.

Shuningdek, Gollandiya va rossiyalik investorlar hamkorligidagi 25 million dollarlik loyiha bitish arafasida. Ular 450 o‘rinli sanatoriy qurishdi. Bir necha oy ichida ishga tushishi mo‘ljallangan sihatgohga tuman aholisining 200 nafari ishga joylashadi”, — dedi Otaxo‘jayev.

Chortoq tumani hokimining qo‘shimcha qilishicha, hozirda hududda 11 ta sanatoriy faoliyat yuritmoqda. Ulardan bittasi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli bo‘lsa, qolgan 10 tasi xususiy.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Chortoqda barpo etilayotgan yangi sanatoriy bilan tanishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют