» » Sankt-Peterburgda Mercedes-Benz bazasida yaratilgan “Volga” 21 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi (foto)

Sankt-Peterburgda Mercedes-Benz bazasida yaratilgan “Volga” 21 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi (foto)


“Avito” saytida 1991-yilgi Mercedes-Benz 500 SL bazasida yaratilgan “GAZ-21” sotuvga qo‘yildi. Hozirga qadar 67,5 ming kilometr yo‘l bosgan to‘q yashil rangli avtomobilni 16 million rublga (salkam 21 ming dollar) xarid qilish mumkin, deb yozadi Motor.

Noodatiy “Volga” asosini 29 yil oldin ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 500 SL tashkil etadi. Muhandislar rodster shassisi, kuzovi va transmissiyasining barcha detallarini saqlab qolgan. Bundan tashqari, avtomobil nemis tormoz tizimi, shuningdek, xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. “Volkodav” nomini olgan mashina jamlanmasidan Mercedes-Benz’ning qishki va yumshoq tom qismi ham o‘rin olgan.

E’longa ko‘ra, mashinaning dvigateli “Volga”niki. Model 80 ot kuchiga ega, 2,5 litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Avtomobil saloni qora charmdan ishlangan, o‘rindiqlar elektrouzatma funksiyasiga ega, interyeri esa klassik Mercedes’niki kabi bezatilgan.

Mavzuga doir: 

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, mazkur model Rossiya hududidagi eng qimmat “GAZ-21” hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют