» » Shotlandiyalik erkak buterbrod tufayli oyog‘idan ayrildi

Shotlandiyalik erkak buterbrod tufayli oyog‘idan ayrildi


Shotlandiyaning Bonxill shahrida yashovchi erkak buterbroddan tushgan pomidor tufayli toyib ketdi va oyog‘idan ayrildi. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.

2020-yil 11-iyul kuni 65 yoshli ijtimoiy xizmat xodimi, nafaqaxo‘r Malkolm Uayt 53 yoshli turmush o‘rtog‘i Ivanna bilan bog‘ ichida bo‘lgan.

“Ivanna biror narsa tanovul qilishimni so‘radi, shunda men go‘shtli buterbrod xohlashimni aytdim. U darrov tayyorlab berdi, men nimagadur buterbrod bilan uyga qaytdim. Shunda buterbrodning ichidan pomidor bo‘lagi tushib ketdi va men unga toyib, oyoq barmog‘imni jarohatladim”, ? deydi Uayt.

U yiqilganidan so‘ng o‘rnidan turishga muvaffaq bo‘ldi, ammo uning barmog‘i qorayib ketgan edi. Shifokor ko‘rigidan o‘tganda barmoqning singani ma’lum bo‘ldi. Keyingi qabul dushanba kuniga belgilandi, ammo barmoqdagi qorayish tobora yoyilib bordi. Bu holat Ivannani xavotirga qo‘ydi va shifokorga murojaat qildi.

“Keyin esa 4 kun jonlantirish bo‘limida yotganimdan so‘ng uyg‘onganimni eslay olaman”, ? deydi shotlandiyalik erkak. Ma’lum bo‘lishicha, uning oyog‘ida tromblar paydo bo‘lib, qon aylanishini to‘sib qo‘ygan. Shu sababdan teri qorayib ketgan. Shifokorlar qon quyqalarini olib tashlashga qanchalar urinmasin, ammo natija bo‘lmagan. Jarroh Uaytga zararlangan oyog‘ini tizzasidan kesib tashlashi yoki buning oxiri o‘lim bilan yakunlashi haqida xabar bergan. Shunday qilib, uning oyog‘ini kesishga to‘g‘ri kelgan.

Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng Uaytning hayoti o‘zgardi. Avval u uyida kamdan kam bo‘lardi. “Futbol uchun pul tikish va do‘stlar bilan uchrashish uchun doimo qahvaxonalarga borib turardim. Hamma bilgan barlarga bordim. Mana endi uydan ham chiqa olmayman”, ? deydi u.

Uaytning rafiqasi hamisha unga g‘amxo‘rlik qiladi. Ammo vaziyat ular yashaydigan uy nogironlar uchun moslashmaganligi sababli qiyinlashmoqda.

“Deyarli sakkiz haftadan buyon uydaman, biz mehmonxonada yashayapmiz, chunki yotoqxona va hammom uchun yuqoriga ko‘tarila olmayman. Shu xonada ovqatlanamiz, uxlaymiz, barchasi men uchun qulay bo‘lishi kerak. Achinarlisi, cho‘milishga ham qodir emasman, turmush o‘rtog‘im har kuni meni shu yerda yuvintiradi. Uydan chiqishim ham qiyin, buning uchun zinadan pastga tushish kerak. Harakatlardan mutlaqo cheklanganman”, ? deya tushuntiradi erkak.

Uayt yashab turgan uyni sharoitiga moslashtirish yoki unga yangi uy berish to‘g‘risida iltimos bilan Graflik kengashiga murojaat qilgan, ammo ular buning iloji yo‘qligini ma’lum qilgan. Shuningdek, mahalliy rahbariyat bemorga unga mos bo‘lgan uy-joy to‘g‘risida xabar berishini aytib o‘tgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют