» » “Bugun Lukashenko nafaqaga chiqdi”. Svetlana Tixanovskaya o‘zini belarus xalqining yagona yetakchisi deb e’lon qildi

“Bugun Lukashenko nafaqaga chiqdi”. Svetlana Tixanovskaya o‘zini belarus xalqining yagona yetakchisi deb e’lon qildi


Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Aleksandr Lukashenkoning Belarus prezidentligi lavozimiga yashirin inauguratsiyasiga bag‘ishlangan videomurojaat yozib, unda o‘zini belarus xalqining yagona yetakchisi deb atadi. Meduza’ning xabar berishicha, ushbu videomurojaat “Pul Pervoy” Telegram-kanalida e’lon qilingan.

Hurmatli belarusliklar. Bugun Lukashenko xalqdan yashirincha o‘zining inauguratsiyasini o‘tkazishga urindi. Biz hammamiz nima bo‘layotganini tushunamiz. O‘zini qonuniy deb tan olishga urinish faqat oldingi vakolatlarning tugashiga olib keldi, xalq esa unga yangi mandat bermadi. Ushbu inauguratsiya deb nomlangan narsa, albatta, fars. Aslida bugun Lukashenko nafaqaga chiqdi.

Bu endi uning kuch tuzilmalariga bergan buyruqlari qonuniy kuchga emas va bajarilmasligini anglatadi. Men, Svetlana Tixanovskaya, belarus xalqi tomonidan saylangan yagona yetakchiman. Va ayni damda bizning oldimizda turgan maqsad yangi Belarusni birgalikda qurishdir.

Ikki kun avval Bryusselga tashrifimni yakunladim. Yevropa yetakchilari, tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdim, Yevroparlamenda chiqish qildim va Belarus diasporalari bilan suhbatlashdim.

Yevropa davlatlari Belarus xalqining zo‘ravonlikni to‘xtatish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish va yangi — adolatli va oshkora saylovlar o‘tkazish talablarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular haqiqiy yordam ko‘rsatishga tayyor — demokratiya g‘alaba qozonganidan keyin Belarus uchun ko‘zda tutilgan jiddiy  investitsiya paketlari mavjud.

Biz birgalikda g‘olib bo‘lamiz.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni o‘tkazilgan. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib deb topilgan. Uning asosiy raqobatchisi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz, mamlakatdan tashqarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida esa 79,69 foiz ovoz olgan ovoz olgan.

23-sentabr kuni ertalab Minskdagi Mustaqillik saroyida avvaldan e’lon qilinmagan inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti lavozimini egalladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют