» » Toshkentda 25 yil hech qayerda qayd etilmagan yigitga fuqarolik pasporti berildi

Toshkentda 25 yil hech qayerda qayd etilmagan yigitga fuqarolik pasporti berildi


Toshkent shahrida tug‘ilib, voyaga yetgan, ammo 25 yil davomida shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan fuqaroga O‘zbekiston fuqaroligi pasporti berildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 25 yoshli Shohrux Allamov shu paytga qadar hech bir joyda qayd etilmagan. 25 yildan beri Toshkent shahrida yashab ulg‘aygan, lekin jamiyatda mavjud ekanligini huquqiy jihatdan isbotlay olmayotgan, tug‘ilganligini tasdiqlovchi guvohnoma hamda huquq va burchlarini belgilab beruvchi fuqarolik pasportiga ega bo‘lish istagini bildirgan Shohrux Allamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan.

Xabar berilishicha, Shohruxning ota-onasi uni uch yoshligida hech kimning qarovisiz ko‘chaga tashlab ketgan.

Shohruxning shaxsini tasdiqlovchi hech qanday hujjati bo‘lmagan. Shu vaqtga qadar ushbu fuqaro sarson-sargardon bo‘lib, ko‘chalarda tilanchilik qilib, duch kelgan joylarda yotib, befarq bo‘lmagan fuqarolar yordamida ulg‘aygan. U bir qancha tashkilotlarga borib shaxsini tasdiqlovchi hujjat olishda amaliy yordam so‘ragan. Uning ma’lumoti bo‘lmaganligi, o‘qish va yozishni bilmaganligi sababli har bir tashkilotga og‘zaki murojaat qilgan. Ko‘p yillar davomida turli xil tashkilotlarga murojaat qilishiga qaramasdan, shaxsini tasdiqlash haqidagi hujjatni ololmagan.

Mazkur masalada O‘zbekiston Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi aralashuvi hamda Uchtepa tumani prokuraturasi, tuman IIO FMB MvaFRB, Uchtepa tumanlararo fuqarolik sudi va FHDYo organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Shohrux Allamovning murojaati bo‘yicha, birinchi navbatda, Toshkent shahar FHDYo bo‘limi arxiviga Shohruxga nisbatan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi bo‘yicha so‘rovnoma taqdim etilib, uning bergan ko‘rsatmalari asosida ota-onasining shaxsiga aniqlik kiritish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi IIV hisobi asosida tekshirildi.

Shohrux Allamovning o‘zi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida fotosurati hamda barmoq izlari olinib, Toshkent shahar IIBBga murojaat etildi hamda uning sog‘lig‘i va aqli rasoligi holatini o‘rganish maqsadida ruhiy ahvolini tekshirish yuzasidan tibbiyot ekspertiza xulosalari olinib, barcha hujjatlar to‘plandi. Barcha sa’y-harakatlarga qaramasdan, Shohrux Allamovning shaxsiga aniqlik kiritish yuzasidan hech qanday natija bo‘lmagandan so‘ng uning tug‘ilganlik haqidagi faktini tasdiqlash maqsadida Uchtepa tumani prokuraturasi nomidan Uchtepa tumanlararo fuqarolik sudiga yuqoridagi holat yuzasidan iltimosnoma kiritildi.

Sud jarayonida da’vo arizasi qanoatlantirildi va fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining qaroriga asosan Uchtepa tumani FHDYo bo‘limi tomonidan Shohrux Allamovga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi. Shundan so‘ng fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berildi. Ayni vaqtda Shohrux Allamov Uchtepa tumaniga doimiy ro‘yxatga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, endi Uchtepa tumani hokimligi bilan kelishilgan holda Shohrux Allamovga uy-joy ajratish masalasi ko‘rilmoqda. Ijtimoiy masala tomonidan ham e’tibor qaratiladi. Xususan, yaqin kunlarda fuqaroga nogironlik bo‘yicha nafaqa tayinlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Shohruxning qiziqishiga qarab kasb-hunar egallashiga ko‘maklashiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют