» » O‘zbekistonda salkam 30 yildan beri istiqomat qilayotgan, biroq fuqaroligi bo‘lmagan 24 nafar qashqadaryolikka fuqarolik pasporti berildi

O‘zbekistonda salkam 30 yildan beri istiqomat qilayotgan, biroq fuqaroligi bo‘lmagan 24 nafar qashqadaryolikka fuqarolik pasporti berildi


Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston hududida 1992-yildan beri istiqomat qilib kelgan 24 nafar kishiga fuqarolik pasporti topshirildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdagi o‘zgarishlariga muvofiq viloyat hududida yashayotgan, biroq fuqaroligi bo‘lmagan 5893 nafar shaxsga fuqarolik berish ishlarini boshlagan.

“Ikki kundan so‘ng tug‘ilgan kunim. Fuqarolik pasporti tug‘ilgan kunimga munosib sovg‘a bo‘ldi. 1992-yildan beri fuqaroliksiz yashab kelayotgandim. Maktabda direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayman. Shunday vaqtlar bo‘ldiki, fuqaroligim bo‘lmagani bois hatto ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichlarida ham ishtirok etish nasib etmadi. Ammo u kunlar endi ortda qoldi”, — deydi Nishon tumanining Tollimarjon shaharchasida yashovchi Rahmatilla To‘rayev.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda ayni kunda 9367 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs istiqomat qiladi.

“Hozirgi kunga qadar 781 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqaroligi tan olinishini so‘rab murojaat qilgan. Shundan 302 nafariga Ichki ishlar vazirligining ijobiy fikr-mulohazasi olinib, fuqarolik berilishi rejalashtirilgan. Kecha dastlabki 24 nafar kishiga fuqarolik pasporti topshirildi”, — deydi IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Fayoz Qurbonov.

“O‘zbekistonga 1992-yil noyabr oyida Tojikiston Respublikasidan kelganman va o‘shandan beri G‘uzor tumanida yashayman. Fuqarolik pasporti berilishini 28 yil kutdim”, — deydi g‘uzorlik 81 yoshli Abdimurod To‘rayev. — O‘tgan yillar davomida fuqaroliksiz yashash naqadar qiyinligini his qildim. Hatto, saylash va saylanish huquqlaridan mahrum edik.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют