» » Snouden kitobi sababli AQShga 5 mln dollar to‘lashga rozilik bergani haqidagi xabarlarni rad etdi

Snouden kitobi sababli AQShga 5 mln dollar to‘lashga rozilik bergani haqidagi xabarlarni rad etdi


AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA)ning sobiq xodimi Edvard Snouden AQSh hukumatiga Adliya vazirligi da’vosi bo‘yicha o‘z kitobi sotuvidan tushgan puldan 5 million dollar to‘lashga rozilik bildirmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan. Avvalroq uning rozilik bildirgani haqida sud hujjatlariga tayanib CNN xabar bergandi.

“Bu kelishuv emas; Men bunga rozi bo‘lmaganman”, — deb yozgan Snouden. MXA sobiq xodimi, shuningdek, u “surgunda” bo‘lgan vaqtida ushbu ish bo‘yicha qaror ijro etilishi mumkin emasligini ta’kidlagan va nima bo‘lganda ham unda buncha pul bo‘lmaganligini qo‘shimcha qilgan.

Snouden huquqlarini Rossiyada himoya qiluvchi advokat Anatoliy Kucheren “RBK”ga mijozining bunday summani to‘lashga roziligi haqidagi ma’lumot haqiqatga zidligini tasdiqlagan. “Bu haqda kim xabar berganini bilmayman, bu navbatdagi spekulyatsiya. Tushunishimcha, bu Amerika OAVlari. Bu haqda na menga, na Edvard Snoudenga hech narsa ma’lum emas”, — degan u.

AQSh prezidenti Donald Trampning Snoudenni avf etishni ko‘rib chiqishga va’da bergani haqida to‘xtalganda, advokat bu haqda gap bo‘lishi mumkin emasligini aytgan. “Edvard Snouden jinoyat sodir etmagan, unga nisbatan sud hukmi yo‘q. Bu yerda faqat uning ta’qib qilinishi haqida gap ketishi mumkin. Gap uni haqorat qilish va kamsitishni to‘xtatish haqida borishi mumkin”, — deya izoh bergan Kucheren.

Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Snouden o‘z davlatini juda yaxshi ko‘radi va vatanini sog‘ingan, ammo Amerika hukumati tomonidan yaratilgan sharoitlar uning qaytishiga va AQShda ishlashini davom ettirishga imkon bermaydi. “U bunday qilolmaydi: u haqida nimalar deyishayotganidan xabaringiz bordir”, — deb xulosa qilgan Kucheren.

Snouden Adliya vazirligining da’vosi bo‘yicha AQSh hukumatiga o‘zining “Shaxsiy ish” kitobini sotishdan tushgan tushumdan 5 million dollardan ko‘proq pul to‘lashga rozi bo‘lgani haqida 21-sentabr kuni sud hujjatlariga tayanib CNN xabar bergandi.

Da’voda ta’kidlanishicha, Snouden o‘z kitobini olgan majburiyatga zid ravishda Markaziy razvedka boshqarmasi va MXAga tanishib chiqish uchun topshirmasdan nashr etgan. Shu sababli undan “Shaxsiy ish” kitobidan tushgan barcha mablag‘larni AQSh hukumatiga qaytarishni talab qilgan. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Snouden kitobdan taxminan 4,2 million dollar ishlab topgan, shuningdek, 56 ta chiqishidan 1,03 million dollar olgan. Sud materiallariga ko‘ra, ushbu chiqish paytida u maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют