» » Ozbekistonda pandemiya tufayli chelnok savdosi butunlay toxtadi

Ozbekistonda pandemiya tufayli chelnok savdosi butunlay toxtadi


Ozbekistonda safarda yurgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan chelnok (mokilik) savdosi hajmi 2020-yilning birinchi choragida nolga teng boldi. Bu haqda Markaziy bank malumotlariga tayanib Spot xabar bermoqda.

Mokilik savdosi safarda bolib turgan shaxs tomonidan oz mamlakatida (yoki undan tashqarida) qayta sotish maqsadida tovar sotib olish boyicha operatsiya. Masalan, Ozbekistondagi dokonlarda qayta sotish maqsadida Turkiya va Xitoy kabi mamlakatlardan mahsulot tashish. Chegaralar yopiqligi tufayli chelnoklar ham bolmadi.

Shu sababli, birinchi yarim yillikda chelnok savdosi hajmi atigi 89 million dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, otgan yilning shu davrida bu korsatkich 234,2 million dollarni tashkil qilgan edi. Chelnok savdosi hajmi bir necha yildan buyon pasaymoqda. Xususan, 2018-yilning I yarim yilligida bu korsatkich 607,6 million dollar bolgan.

Ikki yil oldin chelnoklar 1 milliard dollarga savdo qilgan. Asosiy qismi importga togri kelgan chelnoklar mamlakatga 842,9 million dollarlik tovarlarni keltirgan, 213,2 million dollarlik mahsulotlarni olib ketgan. Biroq osha paytning ozidayoq yil oxiriga kelib tovarlar hajmi kamayishni boshlagan va u tovarlarni bojsiz olib kirish meyorlarini kuchaytirilishiga togri kelgan.

Malumot uchun, 1980-yillarning oxirlarida MDH mamlakatlarida iqtisodiy faoliyatning noqonuniy shaklidan paydo bolgan chelnok savdosi islohotlar yillarida iqtisodiy xulq-atvorning qonuniy va keng tarqalgan modeliga aylandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (24-09-2020, 08:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -