» » Pandemiya O‘zbekistonga kiritiladigan xorijiy investitsiyalar oqimini kamaytirdi

Pandemiya O‘zbekistonga kiritiladigan xorijiy investitsiyalar oqimini kamaytirdi


O‘zbekistonga 2020-yilning I yarim yilligi mobaynida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitiyalarning sof kirib kelishi 750 million dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda keltirilgan.

Ularning 695,5 million dollari nomoliyaviy korxonalar, 51,6 millioni esa — banklar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy qismi — aksioner kapitalga sof qo‘yilmalar (497,2 million). Daromadlar reinvestitsiyasi 255,7 million dollarni tashkil etgan. Shuningdek, yana 96 millioni bosh kompaniyalardan qarzlarning sof jalb qilinishiga to‘g‘ri kelgan.

Taqqoslash uchun, 2019-yilning mos davrida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etgan:

Markaziy bankning ta’kidlashicha, Mamlakatga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning hajmi mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (MTB) doirasida investitsiyalar repatriatsiyasi hajmining ortishi bilan qisman qoplangan.

“Jahon iqtisodiyotidagi inqiroz fonida kapitalga sof xorijiy investitsiyalar 2 baravar kamaydi, xorijiy investorlar tomonidan daromadlarni reinvestitsiya qilish hajmi esa deyarli 2019-yilning I yarim yilligi darajasida saqlanib qoldi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha rekord o‘rnatgani to‘g‘risida xabar berilgandi — qariyb 6 milliard dollarlik. 2020-yil boshidan boshlab sotilgan qimmatbaho metall hajmi butun 2019-yil davomida sotilgan oltin miqdoriga teng.

Oltin mamlakatning pandemiya sabab yo‘qotganlarini qisman qoplagan — davlat budjeti daromadlari yil oxiriga borib 125,8 trillionni tashkil etishi kutilmoqda. Bu davlat budjeti qonunida ko‘zda tutilganidan 2,6 trillion so‘mga kamroq.

Avgust boshlarida O‘zbekiston jahon bozorida oltin narxining oshishidan foyda ko‘rgani, oltin zaxirasi mamlakatga pandemiya vaqtida “jon saqlash”ga imkon berayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir: O‘zbekistonning tashqi qarzi 27,5 mlrd dollardan oshdi

Eslatib o‘tamiz, banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 milliard dollarga oshgan. 2020-yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,1 milliard dollar qarzdorlik jalb qilingan. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 1,8 milliard dollar, tekstil va to‘qimachilik sektori korxonalari – 71 million dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 154 million dollar tomonidan amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют