» » O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarning umumiy miqdori yarim yilda 4,8 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarning umumiy miqdori yarim yilda 4,8 mlrd dollarni tashkil etdi


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar–iyun oylarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 milliard dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 3,2 milliard dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 1,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi ma’lum qildi.

Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 milliard dollarni tashkil etib, 2019-yildagi shu ko‘rsatkichga nisbatan 1,2 marotabaga o‘sish kuzatildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5 foizgacha o‘sdi. Shu davr mobaynida 494 ta loyiha ishga tushirildi. Ulardan 28 tasi yirik ishlab chiqarish korxonasi va 466 ta hududiy ahamiyatga ega sanoat obyektlari hisoblanadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda elektrotexnika sanoati (2019-yilning shu davriga nisbatan o‘sish – 13 barobar), qurilish materiallari ishlab chiqarish (o‘sish – 3,6 barobar), AKT (o‘sish – 3,5 barobar) sohalari investorlar uchun eng jozibador bo‘lib qoldi. Oziq-ovqat sanoati (o‘sish – 1,5 barobar), kimyo sanoati (o‘sish – 1,3 barobar) va to‘qimachilik sanoati (o‘sish – 1,6 barobar) ham yaxshi o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishning o‘sish tendensiyasi mustahkamlandi va hisobot davrida 2 milliard dollarni tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 1,05 barobarga oshdi. Umumiy summaning 1,6 milliard dollari asosiy kapitalga yo‘naltirildi. Hududiy loyihalar doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar umumiy hajmining 62,3 foizini tashkil etdi.

Viloyatlar kesimida 2020-yilning birinchi yarmida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘sishining eng yuqori dinamikasi Namangan (1,6 barobar), Toshkent (1,6 barobar), Qashqadaryo (1,5 barobar) va Sirdaryo (1,4 barobar) viloyatlarida kuzatildi.

Umuman olganda, 2020-yil oxiriga qadar 2 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilmaviy va sanoat obyektlari, shu jumladan, 206 ta yangi yirik ishlab chiqarish obyekti, 240 ta hududiy ahamiyatga ega ishlab chiqarish obyekti hamda 1,6 mingga yaqin ijtimoiy va infratuzilmaviy obyektlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют