» » “Barselona” 17 yoshli Ansu Fatining tovon pulini 400 mln yervo etib belgiladi

“Barselona” 17 yoshli Ansu Fatining tovon pulini 400 mln yervo etib belgiladi


17 yoshli hujumkor yarim himoyachi Ansumane Fati “Barselona” asosiy jamoasining to‘laqonli a’zosiga aylandi.

Futbolchi shartnomasidagi tovon puli 400 million yevro qilib belgilandi. Avvalroq bu miqdor 170 millionga teng edi. Shuningdek, Fati 22-raqamni oldi. Bu raqam “Inter”ga o‘tib ketgan Arturo Vidalga tegishli edi.

Fati “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ansu 2019/20-yilgi mavsumda Ispaniya chempionatining 24 o‘yinida maydonga tushdi (11 tasi asosiy tarkibda). Ularda futbolchi 7 gol va bitta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Uning katalon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют