» » Nyu-Yorkdagi tashlandiq maktabdan noyob avtomobillar topildi (foto)

Nyu-Yorkdagi tashlandiq maktabdan noyob avtomobillar topildi (foto)


Amerikalik suratkash Brayant Nil Nyu-Yorkda tashlandiq maktabni topib oldi. Binoda qalin chang qatlamlari ostida o‘nlab noyob avtomobillar saqlanayotgan bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Suratkashning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim muassasasi 1913-yilda qurilgan. Maktab XX asrning 80-yillariga qadar faoliyat ko‘rsatgan. Bino yopilganidan so‘ng, undan avtomobillar ustaxonasi sifatida foydalanilgan, muhandislar bu yerda noyob xot-rodlar yaratish va seriyali avtomobillarni tyuning qilish bilan shug‘ullangan.

Biroq ustaxona uzoq ishlamagan. Bunga ko‘ngilsiz hodisa sabab bo‘lgan. Tyuning qilingan avtomobillardan birini ortish vaqtida firma egasi jiddiy jarohat olgan bir necha yil davomida sog‘lig‘ini qayta tiklay olmagan. Floridaga ko‘chishga majbur bo‘lgan ustaxona egasi binoni ichidagi mashinalar bilan yopib ketgan.

Sobiq maktab binosida “o‘lish” uchun qoldirilgan modellar orasidan 2006-yilgi Chrysler PT Cruiser, 1999-yilgi Ford Mustang, 60 yil oldingi Cadillac Devilee, shuningdek, 72 yil avval konveyrdan chiqqan Mercury, yarim asrlik Chevrolet 210 va 30-yillarning Ford Model A xot-rodi o‘rin olgan. Mashinalarning aksariyatini zang bosgan.

Avvalroq AQShdagi garajlarning biridan 40 yil harakatsiz saqlangan 5 ta Alfa Romeo kolleksiyasi topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют