» » Qashqadaryo hokimining sobiq o‘rinbosari Sirojiddin Azizov 45 yoshida vafot etdi

Qashqadaryo hokimining sobiq o‘rinbosari Sirojiddin Azizov 45 yoshida vafot etdi


Qashqadaryo hokimining sobiq o‘rinbosari Sirojiddin Azizov 45 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, marhum 2020-yil 23-sentabr kuni olamdan o‘tgan.

Sirojiddin Azizov Zoir Mirzayevning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, Azizov vafotiga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirojiddin Azizov viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimidan 2020-yilning 5-avgust kuni bo‘shatilgan bo‘lib, viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Viloyatda sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherali Nurmatov 61 yoshda, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasining sobiq bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshda, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori Dehqonboy Abdullayev 46 yoshda, Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etgani xabar berilsa-da, marhumlarning vafoti sababi koronavirus bilan bog‘liqligi rasman “tan olinmagandi”.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют