» » Kepa ertagi tugadi. “Chelsi” yangi darvozabon sotib oldi

Kepa ertagi tugadi. “Chelsi” yangi darvozabon sotib oldi


Londonning “Chelsi” klubi Fransiyaning “Renn”idan darvozabon Eduard Mendini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda “aristokratlar” rasmiy saytida xabar berildi.

Mendi londonliklar bilan 5 yillik bitim imzolagan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Chelsi” senegallik 28 yoshli futbolchi uchun “Renn”ga 24 million yevro to‘lagan. Shuningdek, fransuz klubi uning natijalariga qarab, 6 million yevrogacha bonusga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu transfer Fransiya chempionati darvozabonlari o‘rtasidagi eng qimmat xarid sifatida tarixga kirdi.

“Chelsi” safiga qo‘shilishdan mamnunman. Ushbu jamoaning bir qismiga aylanish, Frenk Lempard va uning murabbiylar shtabi bilan birga ishlash orzu edi. Yangi jamoadoshlarim bilan birga maydonga tushishni intizorlik bilan kutaman.

Eduard Mendi, darvozabon

Avvalroq “Chelsi” rekord summaga sotib olgan Kepa Arrisabalaganing ketma-ket xatolaridan so‘ng jamoa ustozi Frenk Lempard klub rahbariyatidan yangi darvozabon sotib olishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Mendi 2019-yil yozida “Reyms”dan “Renn”ga 4 million yevro evaziga to‘tgandi. O‘tgan mavsum futbolchi “qizil-qoralar” safida 33 ta bahsda qatnashib, o‘z darvozasidan 31 ta to‘p olib chiqqan. 13 ta bahsda esa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” birinchi bor “Renn”dan darvozabon sotib olmayapti. Londonliklar 2004-yilda Petr Chexni ham aynan ushbu klubdan xarid qilgandi.

Mavzuga doir: “Chelsi” futbolchisi “Barselona”ning asosiy transfer maqsadiga aylandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют