» » O‘zbekistonda bir qator tovarlarga import bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekistonda bir qator tovarlarga import bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi


21-sentabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov raisligida tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining matbuot xizmati xabar bergan.

Yig‘ilishda to‘qimachilik sanoatida qo‘llaniladigan texnologik uskunalar va butlovchi qismlarga solinadigan import bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, alohida mahsulot pozitsiyalari uchun utilizatsiya yig‘imini nolga tenglashtirish istiqbollari o‘rganilib, bir qator mahsulot turlari (aynan qaysi turlar ekani aytilmagan) uchun import bojxona to‘lovlarining o‘zgarishiga oid xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, yig‘ilishda yuk mashinalari, quyultirilgan sut, alkilbenzol va soya oqsili izolatlari import bojlarini o‘zgartirish (pasaytirish) masalalari haqida ham gap borgan.

Shu bilan birga, butlovchi buyumlar, shu jumladan, yig‘uv ishlab chiqarishga mo‘ljallangan buyumlarga TIF TN kodlarini tasniflashni yanada takomillashtirish, mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarining texnik jihatdan tartibga solinishi va texnik reglamentlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilishga e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etilgan.

Mavzuga doir: AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonning investitsiyaviy muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni ma’lum qildi

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, kengash kotibiyatiga vazifasi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tezkor qarorlar qabul qilishning yanada moslashuvchan mexanizmlaridan foydalanishni nazarda tutuvchi tashqi savdoni tartibga solishda mutlaqo yangi tizimni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bo‘lgan ishchi guruh tuzish topshirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga xorijdan yil boshidan beri 360,4 ming dona mobil telefon import qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 21:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют