» » O‘zbekistonda 2020-yilning 8 oyida 60 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyekti faoliyat boshladi

O‘zbekistonda 2020-yilning 8 oyida 60 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyekti faoliyat boshladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-sentabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda yangi korxonalar tashkil etish, borlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 8 oyida 60 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyektlari faoliyat boshladi. Ularning har biri o‘rtacha 38 million so‘m soliq tushumini ta’minlab, kamida 2 tadan ish o‘rni yaratmoqda. Lekin 31 mingdan ziyod korxona faoliyati haligacha tiklanmagan. O‘z biznesini ochish harakatidagi insonlar ham juda ko‘p.

Savdo-sanoat palatasi rahbarlari va Biznes-ombudsman joylarga chiqib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga xalaqit berayotgan muammolarni hal etishi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishi kerakligi ta’kidlandi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish, banklar tomonidan mablag‘ berilgan, lekin xomashyo, energiya resursi yoki logistika kabi sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tijorat banklari tadbirkorlarning biznesdagi natijalariga qarab, ularga “imtiyozli xizmatlar paketi”ni taklif qilishi muhimligi aytildi.

Ma’lumki, kichik biznes va mahalliy resurs soliqlari to‘liq hududlar ixtiyorida qoldirilmoqda. Ya’ni, hududlarning budjet barqarorligi, rivojlanishi tadbirkorlik faoliyati bilan bevosita bog‘liq.

Masalan, Konimex tumanida mahalliy budjetga soliq tushumlari joriy yilning 8 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 141 foizga oshgan. Pandemiya davrida moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan 20 ta korxonaga soliq ta’tili berilishi natijasida 100 ta ish o‘rni saqlab qolingan.

Davlat soliq qo‘mitasiga barcha viloyatlarda ishni shunday tashkil etib, mahalliy budjetlarni mustahkamlash yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Yig‘ilishda 2020-yil kutilayotgan budjet taqchilligini imkon qadar qisqartirish uchun qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Hududlarning soliq salohiyatini tahlil qilib, qo‘shimcha daromadlarni aniqlash, budjet tashkilotlarining pullik xizmatlardan daromadlarini ko‘paytirish va bino-inshootlaridan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

Oxirgi 4 yilda biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar natijasida ko‘plab kichik korxonalar faoliyati kengaygan. Davlat rahbari bunday intilishlarni rag‘batlantirish, korxonalarni yiriklashishga undaydigan qulay muhit yaratish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda, tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish kerak. O‘rta biznes toifasiga kirishi mumkin bo‘lgan korxonani aniqlab, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan maqsadli mablag‘lar ajratish, mahsulotini sertifikatlash, ilm va innovatsiya xarajatlarini qisman qoplab berish kabi choralar orqali ularga ko‘maklashish muhimligi aytildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha sanoat korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 23:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют