» » Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” 9 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi, “Manchester Siti” qiyin g‘alabaga erishdi

Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” 9 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi, “Manchester Siti” qiyin g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 3-bosqichidan o‘rin olgan 24-sentabr, payshanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

“Liverpul” safarda “Linkoln Siti” bilan bahs yuritdi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mersisaydliklar safida Takumi Minamino va Kyortis Jons dublga erishgan bo‘lsa, Jerdan Shakiri, Marko Gruyich va Divok Origi bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mezbonlar esa bunga ikki gol bilan javob qaytardi.

“Manchester Siti” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qildi. 18-daqiqada Liem Delap “shaharliklar”ning ilk golini urdi. Oradan to‘rt daqiqa mehmonlar hisobni tenglashtirishga erishdi. 75-daqiqada Fil Foden hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi va “Manchester Siti”ni keyingi bosqichga olib chiqdi.

Angliya Liga Kubogi

3-bosqich bahslari

24-sentabr, payshanba

Gollar: 0:1 – 9 Shakiri, 0:2 – 18 Minamino, 0:3 – 32 Jons, 0:4 – 36 Jons, 0:5 – 46 Minamino, 1:5 – 60 Edun, 1:6 – 65 Gruyich, 2:6 – 66 Montsma, 2:7 – 89 Origi.

“Linkoln Siti”: Palmer, Melburn, Montsma, Eyoma, Anderson (Archibald, 67), Jons (Makgrendls, 60), Skalli, Bridkatt (Hopper, 60), Grant, Bredli, Edun.

“Liverpul”: Adrian, van Deyk (Fabinyo, 46), Simikas, Uilyams, Uilyams, Jons, Gruyich, Shakiri (Keyta, 75), Minamino, Origi, Elliott (Diogu Jota, 57).

Ogohlantirish: Eyoma (69).

Gollar: 1:0 – 18 Delap, 1:1 – 22 Serrij, 2:1 – 75 Foden.

“Manchester Siti”: Steffen, Uoker, Erik Garsiya, Harvud-Bellis, Doyl (Sterling, 67), Rodri (de Bryuyne, 61), Foden, Mahrez, Bernabe (Mendi, 36), Ferran Torres, Delap.

“Bornmut”: Trevers, Riko (Kuk, 64), Simpson, Kelli (Zemura, 28), Smit, Billing, Ofobor, Kuk, Gosling, Bruks (Kilkenni, 76), Serrij.

Ogohlantirishlar: Zemura (70), Delap (79), Kuk (90).

Gollar: 0:1 – 11 al-G‘ozi, 0:2 – 14 Traore, 0:3 – 73 Uotkins.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 02:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют