» » “Bavariya” qo‘shimcha bo‘limlardagi gol evaziga “Sevilya”ni taslim etib, UEFA Superkubogiga ega chiqdi

“Bavariya” qo‘shimcha bo‘limlardagi gol evaziga “Sevilya”ni taslim etib, UEFA Superkubogiga ega chiqdi


Futbol bo‘yicha UEFA Superkubogi uchrashuvida “Bavariya” va “Sevilya” jamoalari 24-sentabr, payshanba kuni o‘zari bahs yuritdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Ivan Rakitichga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan keyin nemislar darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Lukas Okampos golga aylantirdi. 34-daqiqada Leon Goretska muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda ustunlik myunxenliklar tomonidan bo‘ldi. Biroq nemis klubi vaziyatlarini golga aylantira olmadi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida “Sevilya” vakillarida ham juda qulay imkoniyat yuzaga keldi, ammo Yusuf an-Nessirining zarbasini Manuel Noyer qaytarib qolishga erishdi.

Asosiy vaqtda durang qayd etilgach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 99-daqiqada zaxiradan maydonga qo‘shilgan Xavi Martines oradan besh daqiqa o‘tib myunxenliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa “Bavariya” 2019/20-yilgi mavsumdagi trebldan keyin dastlabki sovringa ega chiqdi.

UEFA Superkubogi

24-sentabr, payshanba

Gollar: 0:1 – 13, penalti Okampos, 1:1 – 34 Goretska, 2:1 – 104 Xavi Martines.

“Bavariya”: Noyer, Alaba (Boateng, 112), Lyuka Ernandes (Xavi Martines, 99), Pavar, Zyule, Myuller, Kimmix, Gnabri, Goretska (Devis, 99), Sane (Tolisso, 70), Levandovski.

“Sevilya”: Bunu, Eskudero, Kunde, Diyego Karlos, Navas, Rakitich (Oliver Torres, 56), Jordan (Vaskes, 94), Suso (Gudel, 73), Fernando, Okampos, de Yong (an-Nesiri, 56).

Ogohlantirishlar: Alaba (12), Jordan (45), Kunde (55), Fernando (70), Lyuka Ernandes (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 03:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют