» » BMTning to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi reytingida O‘zbekiston ma’lumotlari ijobiy tomonga o‘zgardi

BMTning to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi reytingida O‘zbekiston ma’lumotlari ijobiy tomonga o‘zgardi


BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, bunga sabab 2019-yilning 10—12-dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari bilan o‘tkazilgan seminarda Statistika qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’tiroz bildirib, FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarro bilan bahs-munozara olib borgan.

Natijada FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga ko‘ra, O‘zbekistonning “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014-yildan boshlab, New Food Balance Sheet asosida qayta ko‘rib chiqqan. Qayta hisoblash natijasida ko‘rsatkichlar 2016—2018-yillar uchun 2,8 foiz (0,9 million kishi) va 2017—2019-yillar uchun 2,6 foizni (0,8 million kishi) tashkil etgan.

Bu ma’lumotlar 2020-yilning 13-iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yig‘ilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali e’lon qilingan.

FAO ekspertlari 2019-yilgi (SOFI – 2019) yig‘ilishida O‘zbekistonning 2016—2018-yillarda to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi ko‘rsatkichlarini 6,3 foiz (2 million kishi) deb e’lon qilgan edi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (2,1 foiz) va Turkmanistondan (5,4 foiz) keyin uchinchi o‘rinni egallagan.

Mavzuga doir: Jahonda oziq-ovqat narxlari pasayishda davom etayotgani ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning iyunida FAO konferensiyasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev ham nutq so‘zlagandi. Vazir konferensiyada butun dunyo e’tiborini tortayotgan muammo — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 08:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 122) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют