» » Toshkentda taqiqqa qo‘yilgan Malibu-2 avtomobilini 28 ming dollarga sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda taqiqqa qo‘yilgan Malibu-2 avtomobilini 28 ming dollarga sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Toshkent shahrida 41 yoshli fuqaro o‘ziga tegishli Malibu-2 mashinasining bank tomonidan taqiqqa qo‘yilganini yashirib, uni 28 ming dollarga sotgan, biroq mazkur fuqaro uzoq vaqt davomida mashinani xaridorning nomiga rasmiylashtirib bermasdan yurgan. Bu haqda Tergov departamenti tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 25-mart kuni Shayxontohur tumanida 41 yoshli R.M. o‘ziga tegishli Malibu-2 rusumli avtomashinasi bank tomonidan taqiqqa qo‘yilganligini bilgan holda avtomashinani 28 yoshli A.Q.ga 28 ming dollarga sotishini aytgan. Sotuvchi avtomashinada hech qanday taqiq yo‘qligiga A.Q.ni ishontirib, uning ishonchiga kirib, 28 ming dollarni qo‘lga kiritgan.

Biroq R.M. avtomashinani A.Q.ning nomiga rasmiylashtirish jarayonida avtomashina taqiqda ekanligi oshkor bo‘lgan. Shundan so‘ng sotuvchi avval olgan 28 ming dollarni qaytarib berishini va’da qilib, avtomashinani o‘zi bilan olib ketgan, u bergan va’dasi ustidan chiqmasdan, pullarni o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida R.M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Mavzuga doir: Toshkent tumanida Malibu-2’ni yoqib yuborgan ayol qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 09:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют