» » Buxoroda sektor kotibi “temir daftar”ga soxta ma’lumot kiritib, ehtiyojmandlarga ajratilgan pulni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi

Buxoroda sektor kotibi “temir daftar”ga soxta ma’lumot kiritib, ehtiyojmandlarga ajratilgan pulni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi


“Temir daftar”ga soxta ma’lumot kiritib, ehtiyojmandlarga xayriya sifatida tarqatiladigan pullarni o‘zlashtirgan hokimlik xodimi javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro shahar Ma’muriy sudi raisi Ruslan Zairov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, fuqaro J.R. Buxoro shahar hokimligida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor kotibi vazifasida ishlab kelib, Prezident farmoniga ko‘ra ehtiyojmand oilalarga berilishi lozim bo‘lgan moddiy yordam mablag‘larining tarqatilishiga mas’ul etib belgilangan.

Vaziyatdan foydalanishga uringan sektor kotibi Buxoro shahridagi “To‘qimachi” MFY hududida yashovchilarning “temir daftari”ga ushbu mahallada yashamayotgan va ro‘yxatga olinmagan fuqaro N.T. va uning 8 nafar oila a’zosini moddiy yordam to‘lovi qaydnomasiga qo‘shgan. Bu paytda “To‘qimachi” MFY raisi betobligi sabab ta’tilda bo‘lgan. Uning o‘rinbosari Sh.X. mahalla raisi vazifasini bajarib turgan.

Sh.X. hokimlik mas’uliga soxta to‘lov qaydnomasiga imzo qo‘ymasligini, bu harakati uchun javobgarlik borligini bildirgan. J.R. esa pullarni xarajatlari uchun olganini aytib, to‘lov qaydnomasiga imzo qo‘yib berishini talab qilgan. Biror muammo yuzaga kelsa, ushbu holat uchun o‘zi javob berishini va bu kabi holatlar barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida sodir bo‘layotganini bildirgan.

Shundan so‘ng Sh.X. mas’ulning og‘zaki topshirig‘iga asosan, fuqaro N.T.ning nomiga yozilgan 1 million 600 ming so‘m yordam puli to‘lovini yozgan. To‘lov qaydnomasiga ushbu pul mablag‘i berilganligi haqida soxta ma’lumot kiritgan. J.R. esa ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, ularni o‘zlashtirish yo‘li orqali talon-toroj qilgan.

Buxoro shahar Ma’muriy sudida “To‘qimachi” MFY raisi o‘rinbosari Sh.X. Buxoro shahar hokimligi sektor kotibining harakatlaridan norozi bo‘lib tegishli tashkilotlarga murojaat qilmagani, biroq o‘zlashtirilgan mablag‘dan manfaatdor bo‘lmagani, mahallada boshqa fuqarolarga moddiy yordam pullari to‘g‘ri va to‘liq tarqatilgani inobatga olinib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, ya’ni 111 ming 500 so‘m jarima jazosi tayinlagan.

Sudda so‘z olgan sektor kotibi pulni talon-toroj qilmagani haqida asossiz vajlar keltirgan bo‘lsa-da, taraflarning ko‘rsatmalari, ishda mavjud tekshirish dalolatnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar, ariza, tushuntirish xatlari hamda tasdiqlangan dalillar uning aybdorligini isbotlagan. Shunga ko‘ra sud fuqaro J.R. tomonidan talon-toroj qilingan 1 million 600 ming so‘m mablag‘ni davlat foydasiga undirib, aybdorga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari — 446 ming so‘m jarima jazosi tayinlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 10:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют