» » “Hududgazta’minot” Andijonda gaz hisoblagich portlaganiga izoh berdi

“Hududgazta’minot” Andijonda gaz hisoblagich portlaganiga izoh berdi


“Hududgazta’minot” kompaniyasi 24-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda “Texnopark” kompaniyasining aqlli gaz hisoblagichi portlagani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

“O‘rnatishdan 2,5 soat o‘tgach portladi. Yaxshiyam hech kim jabrlanmadi. Parchasi ko‘zga kirib ketsa nima bo‘lar edi? Yoki gaz sizib chiqishi sababli kattaroq portlash sodir bo‘lganda-chi?” — deb yozdi Facebook foydalanuvchisi.

“Hududgazta’minot” kompaniyasining “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, Andijonning Shimoliy kichik daha 77-uydagi xonadonda gaz tarmoqlari va uskunalarining noto‘g‘ri ekspluatatsiyasi natijasida kelib chiqqan texnogen tusdagi favqulodda holat sodir bo‘lgan.

“Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hisobga olish uskunasi ichida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasi chaqnashi uning buzilishiga olib kelgan. Mazkur uchastkaga gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgunga qadar gaz quvuriga atmosfera havosining tushishi gaz uskunasi va gaz tarmog‘i ichida havo-gaz aralashmasi yuzaga kelishining ehtimoliy sababi hisoblanmoqda. Jumladan, qo‘shni xonadonlarda (uchta xonadonda) gaz tarmoqlari uchun mo‘ljallanmagan rezina shlanglar ulangani aniqlangan”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya tarmoqda bosim oshib ketgani sababli hisobga olish uskunasi buzilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni rad etgan.

“Hududgazta’minot” barcha tabiiy gaz iste’molchilarini gaz uskunalari va uy ichidagi gaz tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazish, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzmaslik, nostandart gaz uskunalari va shlanglardan foydalanmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyidan gazni hisobga olish uskunasi va unga bog‘liq xarajatlar (o‘rnatish, olib tashlash, tekshirish, ta’mirlash) gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan qoplanishi va iste’molchilar faqat uning xavfsizligi uchun javobgar bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda elektr va gaz hisoblagichlarni erkin tanlash huquqi berilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 11:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют