» » Rossiya jamg‘armasi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 35 million doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Rossiya jamg‘armasi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 35 million doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi


Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) va LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga 35 million doza “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda fond matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“O‘zbekistondagi nazorat organlari tomonidan ruxsat berilgach, 2020-yilda respublikaga 10 million dozagacha, 2021-yilda esa yana 25 million doza vaksina yetkazib berilishi mumkin”, — deyiladi RTIF matbuot xizmati axborotida.

RTIF rahbari Kirill Dmitriyevning ta’kidlashicha, ushbu vaksinaning yetkazib berilishi bilan O‘zbekiston tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi kurashda “ilg‘or vosita”ga ega bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida uzoq muddatli immunitetni shakllantirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.

LAXISAM 1994-yilda asos solingan oilaviy kompaniya bo‘lib, 1995-yildan boshlab asosiy faoliyat yo‘nalishi farmatsevtika mahsulotlari importi hisoblanadi. 2012-yildan ishlab chiqarish faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan.

Korxona va tashkilotlarning yagona reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, LAXISAM kompaniyasiga Shavkat Anvarovich Alimuhamedov rahbarlik qiladi; kompaniyaning 46,20 foizi Maktuba Hidoyatovna Ismoilovaga, 26,90 foizi Sayyora Shavkatovna Ismoilova va 26,90 foizi Hilola Shavkatovna Hasanovaga tegishli.

LAXISAM muassisligida 2011-yilda LAXISAM Pharmaceuticals kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib (ushbu kompaniyaning 93,90 foizi LAXISAM’ning o‘ziga tegishli), unga Ahmad Toshmuhamedov rahbarlik qiladi. Kompaniyaning qolgan 6,10 foizlik ulushi Shavkat Ismoilovga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Vaksina “Sputnik V” deb nomlangan.

Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi.

Shuningdek, “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksina klinik sinovlarining ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 13:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют