» » Fransiyada Putin va Makronning Navalniy borasidagi suhbati OAVda tarqalib ketgani yuzasidan tergov boshlandi

Fransiyada Putin va Makronning Navalniy borasidagi suhbati OAVda tarqalib ketgani yuzasidan tergov boshlandi


Vladimir Putin va Emmanuel Makronning telefon suhbatlariga oid ma’lumotlar OAVda tarqalib ketgani yuzasidan Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tergov ishlarini boshladi.

“Har qanday ichki shaxsiy hujjatlarning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli izoh berishga shoshilmayapmiz. Tergov olib borilmoqda. Respublika prezidentining Rossiya bilan o‘rnatishni istagan diaologi barcha, jumladan, xavfsizligimizga oid masalalarni yechishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u ochiqlik va talabchanlik ruhida o‘tgan hamda shu ruhda davom etadi”, — deyiladi Fransiya tashqi siyosiy idorasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 22-sentabr kuni Fransiyaning Le Monde gazetasi Vladimir Putin Emmanuel Makron bilan suhbatda rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyni “internetdagi oddiy fitnachi” deb atagan va u “Novichok” guruhiga kiruvchi zahar bilan o‘zini o‘zi zaharlagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Keyinroq Navalniy Putinning taxminiga javob qaytarib, “ahmoqqa o‘xshab 18 kun komada yotdim” deya kinoya qilgan.

Mavzuga doir: Aleksey Navalniyga Berlindagi “Sharite” klinikasidan javob berildi

Avvalroq Germaniya hukumati ham Aleksey Navalniy Rossiyada “Novichok” turiga kiruvchi modda bilan zaharlanganini bildirgan. U ikki haftadan ortiq vaqt davomida komada yotgan, 10-sentabr kuni Navalniy zaharlanganidan so‘ng to‘liq o‘ziga kelgan va 15-sentabrda tuzala boshlaganidan keyin ilk bor Instagram’da post qoldirgan, siyosatchi 19-sentabrda tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirib bergan.

Germaniya Navalniyning zaharlanishiga oid ma’lumotlarni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yuborgan. Rossiya hukumati dastlab Omskdagi kasalxonada siyosatchidan olingan testlar organizmda zahar borligini ko‘rsatmaganini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 14:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют