» » Iroda Nosirova nojoya takliflarni rad etgani tufayli televideniyeda 18 yil zapretda yurgani haqida sozlab berdi (video)

Iroda Nosirova nojoya takliflarni rad etgani tufayli televideniyeda 18 yil zapretda yurgani haqida sozlab berdi (video)


Jurnalist, aktrisa va xonanda Iroda Nosirova Daryo internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni Daryo muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Iroda Nosirova suhbat davomida nima uchun televideniyada 18 yil zapretda yurgani sababini malum qildi.

Kopchilik meni chet elga ketib qolibdi, 18 yil hech qayerda korinmayapti, deyishadi. Odamlar korinmay ketganimni har xil talqin qilishgan. Lekin men Toshkentda edim, ijodni toxtatmagandim. Korinmaganimning ikkita sababi bor edi. Birinchi ozimga bogliq bolmagan sababi, 18 yil davomida zapretda edim. Ikkinchi sababi esa ozim shu narsadan konglim qolib chiqqim kelmadi. Harakat qilsam bolardi, qaysidir eshiklarga bosh urganimda balki chiqardim. Lekin bu narsalarni qilmadim. Chunki sanat, shou-biznesdan konglim qolgani uchun bu narsalardan uzoqroq yurdim.

Hamma soha boyicha zapretga tushganman. Birinchi zapret 21 yoshimda televideniyeda ishlab yurganimda bolgan. Yani televizorga chiqish, biror dasturni olib borish, korinish imkoniyatidan mahrum bolganman.

Yigirma bir yosh bolgan vaqtimni oylasam, hozir orqaga qarasam, godak bolgan ekanman, deyman. Nima deb oylaysiz, kimga kerak bolgan yosh bir godakning karyerasini sindirish? Siyosiy xato qilmaganman, osha vaqtda jamoaning eng kichkinasi, eng yosh jurnalisti edim. Nima ish buyurilsa, dam olish kuni demasdan, ishimni vijdonan bajarganman.

Menga ishdan tashqari takliflar bolgan. Kimgadir yoq deganingizdan keyin kimga ham yoqasiz. Televideniyega tanish-bilish orqali yoki kimdir orqali kelmaganman, hammasiga ozimning mehnatim, iqtidorim, ertalabdan kechgacha ishlash qobilyatim bolgani uchun shu ishda ishlaganman. Nima uchun, osha ishim davom etishi uchun, men birovning nafsini qondirishim kerak.

Shu takliflardan song oz xohishim bilan ishdan ketishga majbur bolganman va bundan afsuslanmayman. Balkim boshqa yolni tanlaganimda mansab pillapoyalaridan yuqori chiqib, shuncha vaqt ishsiz yurmagan bolar edim.

Iroda Nosirova, jurnalist, aktrisa, xonanda

Malumot uchun, Iroda Nosirova faoliyatini Davr informatsion dasturida sport sharhlovchisi sifatida boshlagan. Alvido, Omad, Janob hech kim kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida Kel deb nomlangan qoshigi muxlislar orasida ommalashgan. Iroda Nosirova 18 yillik norasmiy taqiqlardan song 2020-yildan Zor TV kanalida jurnalist, boshlovchi sifatida faoliyatini boshladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (25-09-2020, 15:38)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -