» » Xayrullo Bozorov Fargona viloyati hokimi etib tayinlandi

Xayrullo Bozorov Fargona viloyati hokimi etib tayinlandi


Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zAning yozishicha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

25-sentabr kuni Farg‘ona viloyati hokimligi majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Yig‘ilishda viloyatga 2011-yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risidagi Prezident farmoni o‘qib eshittirilgan.

Prezident farmoni bilan bugungi kunga qadar Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Avvalroq O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi etib tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumotalrga ko‘ra, Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallashi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Kun fotosi: Namanganning yangi hokimi eski hokimni yangi lavozimga kuzatmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 15:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют