» » Oliy Majlis deputatlari viloyatlardagi QVPlar holatini o‘rganmoqda

Oliy Majlis deputatlari viloyatlardagi QVPlar holatini o‘rganmoqda


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari joriy yilda to‘rtinchi bor joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish uchun hududlarda faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Bu safar ular Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining Qo‘rg‘ontepa, Vobkent, Paxtakor, Karmana, Yangiqo‘rg‘on, Kattaqo‘rg‘on, Xovos, Sho‘rchi, Parkent, O‘zbekiston, Xiva va Qarshi tumanlaridagi haqiqiy holatni o‘rganmoqda.

Parlament a’zolari joylarda asosan birlamchi tibbiyot muassasalari, jumladan, qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini tahlil qiladi.

Parlament quyi palatasi huzurida Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko‘maklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tuzilgan.

Komissiyaning asosiy maqsadi mazkur tizimdagi ishlarning joriy holatini chuqur o‘rganish va tanqidiy tahlil qilish, eng dolzarb, o‘z yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash, ularni hal etishga doir takliflar ishlab chiqish hamda muayyan choralar ko‘rishdan iborat.

Shu munosabat bilan, turli kasalliklarning oldini olish, bu jarayonda patronaj xizmati faoliyatini yanada jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni har tarflama o‘rganish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, deputatlar tegishli tumanlardagi faoliyatlari davomida aholi xonadonlariga tashrif buyurib, yashash sharoitlari bilan tanishish hamda ularni o‘ylantirayotgan masalalarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют