» » Eron termasi Ramazon oyi sabab O‘zbekiston bilan o‘yinni 21 dan keyinga belgilagan bo‘lishi mumkin

Eron termasi Ramazon oyi sabab O‘zbekiston bilan o‘yinni 21 dan keyinga belgilagan bo‘lishi mumkin


12-iyun kuni bo‘ladigan Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 21:15 ga tayin qilingani haqida O‘FF matbuot xizmati xabar bergandi.

JCh—2018 saralashidan o‘rin olgan to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da start oladi. Ikki mamlakat soatlari o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i 30 daqiqani tashkil qilishi inobatga olinsa, kechki 9 dan keyin boshlanadigan uchrashuv vaqti ayrim kishilarni hayron qoldirishi mumkin.

O‘FF uchrashuv nima sababdan bunday kech vaqtga tayin qilinganiga oydinlik kiritmagan. Reglamentga ko‘ra, o‘yin vaqtini mezbon tomon o‘zi belgilash huquqiga ega. Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etadigan fors klublari o‘z maydonlaridagi o‘yinlarni kamdan-kam holatda bunday kech o‘tkazadi.

Yoz fasli arafasida Ramazon oyi kirib kelishi inobatga olinsa, 21:15 balki tushunarli bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtida O‘zbekistonga tashrif buyurgan arab mamlakatlari futbolchilari ikki taym o‘rtasidagi tanaffus vaqtida og‘iz ochgan holatlar ham bo‘lgandi. Tehrondagi bellashuvda esa ro‘za tutadigan futbolchilarda bunday muammo bo‘lmasligi katta ehtimol.

21:15 qaroriga aynan Ramazon oyi sababmi yoki yo‘qligi borasida aniq ma‘lumot berilmagan.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют